https://oz.sputniknews.uz/20260909/tashkent-maktablar-avtobus-60311612.html
Toshkent maktablarida o‘quvchilar uchun maxsus avtobuslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Toshkent maktablarida o‘quvchilar uchun maxsus avtobuslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda School Bus tizimini joriy etish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. 29 ta maktabda o‘tkazilgan so‘rovda qatnashganlarning 73,5 foizi maxsus maktab avtobuslariga ehtiyoj borligini bildirdi.
2026-09-09T12:03+0500
2026-09-09T12:03+0500
2026-09-09T12:03+0500
maktab
o‘quvchilar
avtobus
jamoat transporti
toshkent
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/15/50076666_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_ff48d04fc68b14a487d6fa400948ec9c.jpg
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Toshkentda o‘quvchilarni maktabga xavfsiz va qulay olib borish uchun School Bus — maxsus maktab avtobuslari tizimini joriy etish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Bu haqda poytaxtda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YTHEM) matbuot xizmati ma’lum qildi.Dastlabki bosqichda poytaxtdagi 328 ta maktab orasidan o‘quvchilar soni ko‘p va School Bus tizimiga ehtiyoj yuqori deb baholangan 29 tasida so‘rov o‘tkazildi. Unda 58 369 nafar o‘quvchining oila a’zolari va vasiylari ishtirok etdi.Shu bilan birga, respondentlarning 38,5 foizi farzandi maktabga piyoda borishini, 33,1 foizi esa shaxsiy avtomobilda olib borilishini ma’lum qilgan. 18,3 foiz o‘quvchi avtobusda, 5,7 foizi taksida, 3,5 foizi metroda qatnaydi.Qayd etilishicha, so‘rov poytaxtning boshqa maktablarida ham bosqichma-bosqich davom ettiriladi. Yakuniy natijalar asosida o‘quvchilar oqimi, zarur avtobuslar soni va yo‘nalishlari, harakat jadvali hamda xavfsiz tushirish va olib ketish nuqtalari o‘rganiladi.Ota-onalar ham so‘rovnomada ishtirok etishi mumkin. Buning uchun Telegram messenjeridagi @school_coddbot boti orqali savollarga javob berish kerak.
https://oz.sputniknews.uz/20260908/tashkent-avtobus-yolovchilar-60299187.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/15/50076666_71:0:1210:854_1920x0_80_0_0_c1ae5822ae8723a1b6c2bef0eb308348.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
maktab, o‘quvchilar, avtobus, jamoat transporti, toshkent, jamiyat
maktab, o‘quvchilar, avtobus, jamoat transporti, toshkent, jamiyat
Toshkent maktablarida o‘quvchilar uchun maxsus avtobuslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Toshkentda maktab avtobuslari tizimiga ehtiyoj o‘rganilmoqda. Dastlabki so‘rovda ota-onalarning 73,5 foizi uni qo‘llab-quvvatladi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Toshkentda o‘quvchilarni maktabga xavfsiz va qulay olib borish uchun School Bus — maxsus maktab avtobuslari tizimini joriy etish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Bu haqda poytaxtda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YTHEM) matbuot xizmati
ma’lum qildi.
Dastlabki bosqichda poytaxtdagi 328 ta maktab orasidan o‘quvchilar soni ko‘p va School Bus tizimiga ehtiyoj yuqori deb baholangan 29 tasida so‘rov o‘tkazildi. Unda 58 369 nafar o‘quvchining oila a’zolari va vasiylari ishtirok etdi.
So‘rov qatnashchilarining 73,5 foizi farzandlari uchun maxsus maktab avtobuslari yo‘lga qo‘yilishini istashini bildirgan.
Shu bilan birga, respondentlarning 38,5 foizi farzandi maktabga piyoda borishini, 33,1 foizi esa shaxsiy avtomobilda olib borilishini ma’lum qilgan. 18,3 foiz o‘quvchi avtobusda, 5,7 foizi taksida, 3,5 foizi metroda qatnaydi.
Qayd etilishicha, so‘rov poytaxtning boshqa maktablarida ham bosqichma-bosqich davom ettiriladi. Yakuniy natijalar asosida o‘quvchilar oqimi, zarur avtobuslar soni va yo‘nalishlari, harakat jadvali hamda xavfsiz tushirish va olib ketish nuqtalari o‘rganiladi.
Ota-onalar ham so‘rovnomada ishtirok etishi mumkin. Buning uchun Telegram messenjeridagi
@school_coddbot boti orqali savollarga javob berish kerak.