https://oz.sputniknews.uz/20260908/tashkent-avtobus-yolovchilar-60299187.html
OTMlarda o‘qish boshlangan kuni Toshkentda avtobus yo‘lovchilari qariyb 1,9 barobarga oshdi
OTMlarda o‘qish boshlangan kuni Toshkentda avtobus yo‘lovchilari qariyb 1,9 barobarga oshdi
Sputnik O‘zbekiston
OTMlarda yangi o‘quv yili boshlangan 7-sentabrda Toshkent metrosida 1 mlndan ortiq, avtobuslarda qariyb 1,46 mln yo‘lovchi tashildi. Ko‘rsatkichlar bir kun avvalgi yakshanbaga nisbatan sezilarli oshdi.
2026-09-08T15:55+0500
2026-09-08T15:55+0500
2026-09-08T16:17+0500
jamoat transporti
jamiyat
yo‘l
metro
avtobus
talabalar
otm
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0d/57527735_0:161:3070:1888_1920x0_80_0_0_00e1366168cb28052828c82ccded4ca8.jpg
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlangan 7-sentabr kuni Toshkentda jamoat transportidan foydalanuvchilar soni keskin ko‘paydi. Bu haqda Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTEM) matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kuni avtobuslarda 170 ta yo‘nalish bo‘yicha 22 032 ta qatnov amalga oshirilib, 1 456 926 nafar yo‘lovchi manziliga yetkazilgan. Bir kun avval avtobuslardan 783 090 nafar kishi foydalangan.Metro orqali esa 1 049 288 nafar yo‘lovchi tashilgan. 6-sentabr kuni bu ko‘rsatkich 640 834 nafarni tashkil etgan.Poytaxt yo‘llarida ham transport oqimi oshdi. 7-sentabrda sutka davomida 1,5 mlndan ortiq transport vositasi harakatlangan — bu bir kun avvalgidan 152 mingtaga ko‘p.Kunning tig‘iz vaqtida oltita chorrahada tirbandlik darajasi 7 ballga yetgan, yana bir chorrahada esa 7 balldan oshgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260903/tashkent-avtomobil-oqim-tirbandlik-60156318.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0d/57527735_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_ff153f15a84a00c5d739503b6cdfbf51.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamoat transporti, jamiyat, yo‘l, metro, avtobus, talabalar, otm, toshkent
jamoat transporti, jamiyat, yo‘l, metro, avtobus, talabalar, otm, toshkent
OTMlarda o‘qish boshlangan kuni Toshkentda avtobus yo‘lovchilari qariyb 1,9 barobarga oshdi
15:55 08.09.2026 (yangilandi: 16:17 08.09.2026) 7 sentabr kuni Toshkent metrosidan 1,049 mln, avtobuslardan esa 1,457 mln yo‘lovchi foydalandi. Bu OTMlarda yangi o‘quv yilining ilk kuniga to‘g‘ri keldi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlangan 7-sentabr kuni Toshkentda jamoat transportidan foydalanuvchilar soni keskin ko‘paydi. Bu haqda Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTEM) matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kuni avtobuslarda 170 ta yo‘nalish bo‘yicha 22 032 ta qatnov amalga oshirilib, 1 456 926 nafar yo‘lovchi manziliga yetkazilgan. Bir kun avval avtobuslardan 783 090 nafar kishi foydalangan.
Metro orqali esa 1 049 288 nafar yo‘lovchi tashilgan. 6-sentabr kuni bu ko‘rsatkich 640 834 nafarni tashkil etgan.
Shu tariqa, 7-sentabrda avtobus yo‘lovchilari soni bir kun avvalgiga nisbatan qariyb 86 foiz, metroda esa 64 foiz oshgan. Biroq 6-sentabr yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli bu o‘sishni faqat o‘quv yili boshlanishi bilan bog‘lash to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Poytaxt yo‘llarida ham transport oqimi oshdi. 7-sentabrda sutka davomida 1,5 mlndan ortiq transport vositasi harakatlangan — bu bir kun avvalgidan 152 mingtaga ko‘p.
Kunning tig‘iz vaqtida oltita chorrahada tirbandlik darajasi 7 ballga yetgan, yana bir chorrahada esa 7 balldan oshgan.