Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya qo‘shinlari Ukraina portlariga va harbiy yuk tashigan kemaga zarba berdi

© Sputnik / Ministry of Defence of the Russian FederationMassirovanniy udar po obyektam infrastrukturi IG (terroristicheskaya organizatsiya, zapreshennaya v Rossii) v Sirii
Massirovanniy udar po obyektam infrastrukturi IG (terroristicheskaya organizatsiya, zapreshennaya v Rossii) v Sirii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2026
Obuna bo‘lish
Kiyev va Nikolayevdagi harbiy-sanoat, port va logistika obyektlari hamda Ukraina armiyasiga harbiy yuk yetkazib bergan kema nishonga olindi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari tunda Ukraina harbiy-sanoat obyektlari, dengiz portlari va logistika markazlariga guruhli zarbalar berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Zarbalar yer va havodan uchiriladigan yuqori aniqlikdagi qurollar hamda zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparatlari bilan amalga oshirildi.
Kiyevda ekipajsiz katerlar, samolyot tipidagi dronlar va ular uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi korxona ombori nishonga olindi.
Nikolayev shahri va viloyatida “Nika Terra” yuk terminali, “Metro”, “ATP YUTK”, “Yangi pochta”, “Nikolayev-2” va “Elektrotexnika” logistika markazlari, shuningdek, bir qator ombor terminallariga zarba berildi.
“Nika Terra” terminalida Ukraina Qurolli kuchlarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan yonilg‘i saqlangan uchta rezervuar va harbiy yuklar joylashtirilgan uchta ombor yo‘q qilindi. Jovtnevo terminalida esa oltita yonilg‘i rezervuari va beshta ombor yo‘q qilindi.
Shuningdek, Nikolayev porti faoliyatini ta’minlovchi “Trixati” elektr podstansiyasi, port hududidagi to‘rtta yonilg‘i rezervuari va harbiy mol-mulk saqlangan ombor nishonga olindi.
Odessa portiga dengiz orqali ketayotgan va Ukrainaga harbiy yuklarni yetkazib berishda foydalanilgan quruq yuk kemasiga ham zarba berildi.
Bundan tashqari, Ukraina hududiga harbiy yuklarni yetkazib berishda foydalanilgan “Starokache” avtomobil o‘tkazish punktining logistika obyektlari ham nishonga olindi.
Rabota raketnogo kompleksa Iskander po selyam VSU - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina logistika markazlariga zarba berdi
Yangiliklar lentasi
0