Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina logistika markazlariga zarba berdi

© Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishRabota raketnogo kompleksa "Iskander" po selyam VSU
Rabota raketnogo kompleksa Iskander po selyam VSU - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2026
Obuna bo‘lish
O‘tgan tunda Ukrainaning to‘rtta viloyatida harbiy zavod va harbiy maqsadlarda foydalanilgan infratuzilma obyektlariga zarba berildi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Rossiya Qurolli ruchlari o‘tgan tunda Ukrainaning Dnepropetrovsk, Nikolayev va Odessa viloyatlaridagi logistika markazlari, elektr podstansiyalari va metallurgiya zavodlariga uzoq masofali yuqori aniqlikdagi qurollar bilan zarba berdi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.

Zarba berilga obyektlar orasida quyidagilar bor:
Dnepropetrovsk viloyatida Ukraina harbiylari uchun eng yirik metall mahsulotlari yetkazib beruvchi Dneprodzerjinsk temir-po‘lat zavodi (Kametstal) va Dnepr temir-po‘lat zavodi (Dnepr metallurgiya zavodi).
Nikolayev shahri va Nikolayev viloyatida harbiy texnikani saqlash uchun ishlatiladigan logistika markazi va Nikolayevskaya elektr podstansiyasi.
Odessa viloyatida Dachnoe qishlog‘idagi harbiy texnikani saqlash uchun ishlatiladigan logistika markazi.
Chernomorsk portida Ukraina Qurolli Kuchlari uchun qurol va harbiy texnika tashiydigan quruq yuk kemasi.
Kiyev viloyatida harbiy texnikani saqlash uchun foydalanilgan Svatopetrovskiy logistika markazi.
Kiyev viloyati Gostomel aerodromidagi Blistavitsa harbiy shaharchasida Ukraina Qurolli Kuchlari uchun ikkita yoqilg‘i saqlash va tarqatish joyi.
Kiyev viloyati Brovari qishlog‘ida radio va elektron razvedka markazi.
Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiya hududiga tinch aholiga qaratilgan terrorchi hujumlariga javoban Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning harbiy obyektlari, harbiy sanoat obyektlari, harbiy maqsadli tovarlar yetkazib beruvchi logistika markazlari, harbiy korxonalarni energiya bilan ta’minlovchi energetika obyektlariga uzoq masofali aniq nishonga oluvchi qurollar bilan zarba bermoqda.
Yangiliklar lentasi
0