https://oz.sputniknews.uz/20260909/erxov-ai-energiya-esa-60318401.html
Yerxov: SI energiyaga talabni oshiradi, AES esa texnologik suverenitetni mustahkamlaydi
Yerxov: SI energiyaga talabni oshiradi, AES esa texnologik suverenitetni mustahkamlaydi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston ekspertlari raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohalarida hamkorlikni muhokama qildi. Aleksey Yerxov AESni texnologik suverenitetning muhim omili deb atadi.
2026-09-09T15:17+0500
2026-09-09T15:17+0500
2026-09-09T15:17+0500
kiberxavfsizlik
sun’iy intellekt
raqamli texnologiyalar
aleksey yerxov
aes
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
elektr energiyasi
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/09/60318233_0:0:1281:721_1920x0_80_0_0_f11675615e45227dbda4bd5b798efa67.jpg
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Toshkentda Rossiya va O‘zbekiston ekspertlari sun’iy intellekt (SI), raqamli infratuzilma, kiberxavfsizlik va kadrlar tayyorlash sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.Markaziy Osiyo xalqaro institutida o‘tkazilgan davra suhbati “O‘zbekiston va Rossiyaning raqamli transformatsiyasi: milliy ustuvorliklar tutash nuqtalar” mavzusiga bag‘ishlandi.Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt texnologiyalarining Rossiya iqtisodiyotiga umumiy hissasi 2030-yilga borib 11 trillion rubldan oshishi kutilmoqda.Yerxov texnologik suverenitetni tashqi hamkorlikdan voz kechish emas, balki muhim ma’lumotlarni nazorat qilish, asosiy raqamli tizimlarning barqaror ishlashini ta’minlash va texnologik tanlov erkinligini saqlab qolish qobiliyati sifatida ta’rifladi.Elchi sun’iy intellekt rivoji elektr energiyasiga talabni oshirayotganini ham qayd etdi. Shu munosabat bilan energetika suvereniteti texnologik mustaqillikning muhim tarkibiy qismiga aylanayotganini aytdi.Muhokamalarda ikki davlat o‘rtasida sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, raqamli infratuzilmani birgalikda rivojlantirish va kiberxavfsizlikni mustahkamlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.Ishtirokchilar Rossiya–O‘zbekiston raqamli iqtisodiyoti uchun umumiy ekotizimni shakllantirish maqsadida kadrlar tayyorlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260525/raqam-texnologiyalar-russia-uzbekistan-hamkorlik-57853852.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/09/60318233_91:0:1142:788_1920x0_80_0_0_039cfe20e1cc73a97690fb16b06de128.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, aleksey yerxov, aes, o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi, elektr energiyasi, jamiyat
kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, aleksey yerxov, aes, o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi, elektr energiyasi, jamiyat
Yerxov: SI energiyaga talabni oshiradi, AES esa texnologik suverenitetni mustahkamlaydi
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisining so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tayanchlaridan biriga aylangan.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Toshkentda Rossiya va O‘zbekiston ekspertlari sun’iy intellekt (SI), raqamli infratuzilma, kiberxavfsizlik va kadrlar tayyorlash sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Markaziy Osiyo xalqaro institutida o‘tkazilgan davra suhbati “O‘zbekiston va Rossiyaning raqamli transformatsiyasi: milliy ustuvorliklar tutash nuqtalar” mavzusiga bag‘ishlandi.
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov sun’iy intellekt bugun alohida texnologiya emas, balki zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tayanchlaridan biriga aylanganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt texnologiyalarining Rossiya iqtisodiyotiga umumiy hissasi 2030-yilga borib 11 trillion rubldan oshishi kutilmoqda.
Yerxov texnologik suverenitetni tashqi hamkorlikdan voz kechish emas, balki muhim ma’lumotlarni nazorat qilish, asosiy raqamli tizimlarning barqaror ishlashini ta’minlash va texnologik tanlov erkinligini saqlab qolish qobiliyati sifatida ta’rifladi.
Elchi sun’iy intellekt rivoji elektr energiyasiga talabni oshirayotganini ham qayd etdi. Shu munosabat bilan energetika suvereniteti texnologik mustaqillikning muhim tarkibiy qismiga aylanayotganini aytdi.
“Shu nuqtayi nazardan, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida atom elektr stansiyasini birgalikda qurish alohida ahamiyatga ega. Bu Rossiya–O‘zbekiston hamkorligi texnologik mustaqillikni qanday mustahkamlayotganining yaqqol misollaridan biri”, — dedi Yerxov.
Muhokamalarda ikki davlat o‘rtasida sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, raqamli infratuzilmani birgalikda rivojlantirish va kiberxavfsizlikni mustahkamlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Ishtirokchilar Rossiya–O‘zbekiston raqamli iqtisodiyoti uchun umumiy ekotizimni shakllantirish maqsadida kadrlar tayyorlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratdi.