2016 yildan buyon O‘zbekistonda bojxona to‘lovlaridan budjet tushumlari 14 baravar oshdi

© SputnikV Tashkente otkrilsya VII Globalniy kinologicheskiy forum Vsemirnoy tamojennoy organizatsii
V Tashkente otkrilsya VII Globalniy kinologicheskiy forum Vsemirnoy tamojennoy organizatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2026
Obuna bo‘lish
Shu bilan birga, chegara postlaridan o‘tish uchun sarflanadigan o‘rtacha vaqt 28 daqiqagacha qisqardi
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekistonda bojxona to‘lovlaridan davlat budjetiga tushumlar 14 baravar oshdi. Bu haqda VII Global kinologiya forumi doirasida Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 3 baravar, chegara bojxona postlaridan o‘tayotgan yuk avtotransporti, temir yo‘l vagonlari va fuqarolar soni 4 baravar oshgan. Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar soni ham 3 baravar ko‘paygan.
“Soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilgan yuk deklaratsiyalarining yillik ulushi 85 foizga yetdi. Inson omilisiz rasmiylashtirilgan deklaratsiyalar ulushi 6 foizdan 33 foizga oshdi. Chegara postlarimizdan avtotransport vositalarining o‘tishi uchun sarflanadigan o‘rtacha vaqt 72 daqiqadan 28 daqiqaga qisqardi”, — dedi Mavlonov.
U, shuningdek, Milliy kinologiya markazida so‘nggi yillarda 200 tadan ortiq xorijiy kinolog malaka oshirganini ma’lum qildi. Hozir markaz mutaxassislari tayyorlagan xizmat itlaridan Janubiy Koreya va Tojikiston bojxona xizmatlarida foydalanilmoqda.
© SputnikV Tashkente otkrilsya VII Globalniy kinologicheskiy forum Vsemirnoy tamojennoy organizatsii
V Tashkente otkrilsya VII Globalniy kinologicheskiy forum Vsemirnoy tamojennoy organizatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2026
V Tashkente otkrilsya VII Globalniy kinologicheskiy forum Vsemirnoy tamojennoy organizatsii
Giyohvand moddalar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktori o‘rinbosari Jobir Azimovning ma’lum qilishicha, 2025-yilda dunyo bojxona xizmatlari 2,6 mingdan ortiq yirik tezkor tadbir o‘tkazib, 1,2 ming tonnadan ziyod giyohvand moddalarni musodara qilgan.
“Sun’iy intellekt, zamonaviy skanerlar va rentgen apparatlari bojxona tizimlarining imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Biroq bu jarayonlarda xizmat itlarining rolini yetarlicha baholamaslik mumkin emas”, — dedi u.
KPP Patar v Kanibadame, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2026
O‘zbekiston va Tojikiston chegaradan yuk va transport o‘tishini yengillashtirishni muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0