https://oz.sputniknews.uz/20260520/uzbekistan-russia-elektron-hujjatlari-tan-olish-57706516.html
O‘zbekiston va Rossiya elektron hujjatlarni o‘zaro tan olishni sinovdan o‘tkazmoqda
O‘zbekiston va Rossiya elektron hujjatlarni o‘zaro tan olishni sinovdan o‘tkazmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Tizim orqali Rossiyadan O‘zbekistonga yoki O‘zbekistondan Rossiyaga yuborilgan elektron hujjatlar boshqa tomonda ham yuridik kuchga ega bo‘ladi. 20.05.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-05-20T11:56+0500
2026-05-20T11:56+0500
2026-05-20T12:03+0500
soliq qo‘mitasi
hamkorlik
raqamli texnologiyalar
elektron imzo
rossiya
o‘zbekiston
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/14/57706341_0:5:2560:1445_1920x0_80_0_0_258944c5c4149dca870fae71604e47b9.jpg
TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi va Rossiya Federal soliq xizmati elektron hujjatlarning yuridik kuchini o‘zaro tan olish bo‘yicha pilot loyihani sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda Nodir Parpiyev Toshkentdagi PLAS-Forum Digital Uzbekistan doirasida ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Parpiyev Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini rivojlantirishga ko‘maklashish xizmati rahbari o‘rinbosari hisoblanadi.Mexanizm transchegaraviy ishonch makonini yaratishga qaratilgan. Bu elektron hujjatlarning xavfsiz almashinuvi va ularning huquqiy kuchini tasdiqlash uchun mamlakatlar o‘rtasida kelishilgan huquqiy, tashkiliy va texnik shartlar majmuidir.Parpiyevning ta’kidlashicha, tizim orqali Rossiyadan O‘zbekistonga yoki O‘zbekistondan Rossiyaga yuborilgan elektron hujjatlar boshqa tomonda ham yuridik kuchga ega bo‘ladi.Gap hisobvaraq-fakturalar, shartnomalar, yuk xatlari, elektron konosamentlar, mashinada o‘qiladigan ishonchnomalar va boshqa hujjatlar haqida bormoqda.Parpiyevning aytishicha, ushbu model Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan ham qo‘llanilmoqda yoki joriy etishga tayyorlanmoqda. Kelgusida BAA va Polsha bilan ham hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260225/uzbekistan-bloger-daromad-soliq-nazorat-55943612.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/14/57706341_0:0:2560:1920_1920x0_80_0_0_38798eea713cb0c23acaa348975c12c8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
soliq qo‘mitasi, hamkorlik, raqamli texnologiyalar, elektron imzo, rossiya, o‘zbekiston, jamiyat
soliq qo‘mitasi, hamkorlik, raqamli texnologiyalar, elektron imzo, rossiya, o‘zbekiston, jamiyat
O‘zbekiston va Rossiya elektron hujjatlarni o‘zaro tan olishni sinovdan o‘tkazmoqda
11:56 20.05.2026 (yangilandi: 12:03 20.05.2026) Tizim orqali Rossiyadan O‘zbekistonga yoki O‘zbekistondan Rossiyaga yuborilgan elektron hujjatlar boshqa tomonda ham yuridik kuchga ega bo‘ladi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi va Rossiya Federal soliq xizmati elektron hujjatlarning yuridik kuchini o‘zaro tan olish bo‘yicha pilot loyihani sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda Nodir Parpiyev Toshkentdagi PLAS-Forum Digital Uzbekistan doirasida ma’lum qildi, deb xabar berdi
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Parpiyev Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini rivojlantirishga ko‘maklashish xizmati rahbari o‘rinbosari hisoblanadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha taxminan to‘rt oydan beri sinov rejimida ishlayapti. U o‘tgan yil oktabr oyida MDH davlatlari soliq xizmatlari rahbarlari yig‘ilishida taqdim etilgan.
Mexanizm transchegaraviy ishonch makonini yaratishga qaratilgan. Bu elektron hujjatlarning xavfsiz almashinuvi va ularning huquqiy kuchini tasdiqlash uchun mamlakatlar o‘rtasida kelishilgan huquqiy, tashkiliy va texnik shartlar majmuidir.
Parpiyevning ta’kidlashicha, tizim orqali Rossiyadan O‘zbekistonga yoki O‘zbekistondan Rossiyaga yuborilgan elektron hujjatlar boshqa tomonda ham yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Gap hisobvaraq-fakturalar, shartnomalar, yuk xatlari, elektron konosamentlar, mashinada o‘qiladigan ishonchnomalar va boshqa hujjatlar haqida bormoqda.
“Biz Rossiya bilan modelni oldik. Hozir barcha rasmiylashtirilgan elektron hujjatlar ikki davlat o‘rtasida tasdiqlashdan o‘tadi va boshqa tomonda ham yuridik kuchga ega bo‘ladi”, — dedi u.
Parpiyevning aytishicha, ushbu model Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan ham qo‘llanilmoqda yoki joriy etishga tayyorlanmoqda. Kelgusida BAA va Polsha bilan ham hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.