Qo‘riqlash xizmatiga yangi vakolatlar berildi

© Ichki ishlar vazirligi huzuridagi qo‘riqlash xizmati Qo‘riqlash xizmati xodimi
Qo‘riqlash xizmati xodimi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2026
Obuna bo‘lish
IIV huzuridagi qo‘riqlash xizmati xodimlariga chekish va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolati berildi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Ayrim ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar Ichki ishlar vazirligi huzuridagi qo‘riqlash xizmati mansabdor shaxslari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Qonun bilan O‘zbekistonning Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Quyidagi ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ichki ishlar organlari huzuridagi qo‘riqlash xizmatlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari tomonidan ko‘rib chiqiladi:
- jamoat joylarida tamaki va alkogol mahsulotiniiste’mol qilish;
- belgilanmagan joylarga chiqindilarnitashlash va to‘kish;
- voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish;
- maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish va boshqalar.
Quyidagilar ichki ishlar organlari huzuridagi qo‘riqlash xizmatlarining (bo‘linmalarining) mansabdor shaxslari tomonidan ko‘rib chiqiladi:

- oz miqdorda talon-taroj qilish;
- mayda bezorilik;
- diniy materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish;
- quroldan belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish;
- sovuq qurolni olib olib yurish;
- voyaga yetmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilish va boshqalar.
Sotrudniki Departamenta oxrani pri MVD - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2025
Qo‘riqlash boshqarmasi Milliy gvardiyadan IIVga o‘tkazildi
Yangiliklar lentasi
0