https://oz.sputniknews.uz/20260906/kyiv-evakuatsiya-taklif-60247188.html
The Guardian: Zelenskiy maslahatchisi Kiyevda evakuatsiyani ko‘rib chiqishni taklif qildi
The Guardian: Zelenskiy maslahatchisi Kiyevda evakuatsiyani ko‘rib chiqishni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiy maslahatchisi Sergey Beskrestnov Kiyev hokimiyatiga qish oldidan aholini, birinchi navbatda keksalarni evakuatsiya qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi. U Patriot raketalari yetishmasligidan xavotir bildirdi.
2026-09-06T18:12+0500
2026-09-06T18:12+0500
2026-09-06T18:12+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
vladimir zelenskiy
dunyo yangiliklari
dunyoda
kiyev
rossiya
dron
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/16/36214178_0:0:3074:1729_1920x0_80_0_0_0593a2e521adb26f83d2bbd727a7079d.jpg
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Vladimir Zelenskiyning mudofaa texnologiyalari bo‘yicha maslahatchisi Sergey Beskrestnov Kiyev hokimiyatiga qish oldidan tinch aholini evakuatsiya qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Bu haqda The Guardian yozdi.Beskrestnovning fikricha, qishda Kiyevning elektr, suv va issiqlik ta’minoti tizimlariga zarbalar energetik inqirozga olib kelishi mumkin. U Rossiya oyiga 100 dan ortiq tezkor ballistik raketa ishlab chiqarayotganini aytdi.Beskrestnov Ukrainada ballistik raketalarni urib tushirish uchun ishlatiladigan Patriot raketa-tutgichlari tanqisligini ham qayd etdi. U Zelenskiy xorijdan inqirozning oldini olish uchun yetarli miqdorda raketa ola bilishiga ishonch bildirmadi. Beskrestnov Rossiyaning hujum salohiyati oshganini ham ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik tergovchilar iyul oyida Zaporojye yaqinida odam o‘limiga sabab bo‘lgan “Molniya” droni radioaloqa orqali emas, sun’iy intellekt yordamida boshqarilgan, degan xulosaga kelgan.Maslahatchi bunday texnologiya kelajakda Shahed dronlariga ham o‘rnatilishi mumkinligidan xavotir bildirdi. Bu holda radioaloqani bostirishga asoslangan Ukraina radioelektron kurash tizimlarining samaradorligi pasayishi mumkin.Uning aytishicha, Rossiya Xitoyda ishlab chiqarilgan reaktiv dvigatellar bilan jihozlangan, soatiga 320 kilometrdan yuqori tezlikda ucha oladigan yangi dron va raketalarni ham ishlab chiqarmoqda. Beskrestnov Rossiya avgustda Ukrainaga 2,5 mingta reaktiv dvigatelli Shahed uchirganini, iyul oyida bu ko‘rsatkich 1,5 mingta bo‘lganini bildirdi.Uning ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya 2027-yilda qariyb 36 mingta reaktiv dvigatelli Shahed va yana 30 mingta porshenli dvigatelli dron ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, 10 mingta “Banderol” va 10 mingta Dan-T raketasi ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Ukrainada esa reaktiv dronlarga qarshi tutib qoluvchi apparatlar ustida 4–6 kompaniya ishlamoqda, ammo ular hali seriyali ishlab chiqarishga tayyor emas, dedi Beskrestnov.
https://oz.sputniknews.uz/20260902/ukraine-front-vaziyat-60135962.html
ukraina
kiyev
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/16/36214178_335:44:2681:1803_1920x0_80_0_0_c708bcfff32ba4633427da81ffd1f04c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, vladimir zelenskiy, dunyo yangiliklari, dunyoda, kiyev, rossiya, dron
ukraina, vladimir zelenskiy, dunyo yangiliklari, dunyoda, kiyev, rossiya, dron
The Guardian: Zelenskiy maslahatchisi Kiyevda evakuatsiyani ko‘rib chiqishni taklif qildi
Zelenskiyning maslahatchisi Kiyevda qishda energetik inqiroz yuzaga kelsa, aholini evakuatsiya qilishni ko‘rib chiqishni taklif qildi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Vladimir Zelenskiyning mudofaa texnologiyalari bo‘yicha maslahatchisi Sergey Beskrestnov Kiyev hokimiyatiga qish oldidan tinch aholini evakuatsiya qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Bu haqda The Guardian
yozdi.
“Gap 2–3 million kishi haqida ketmoqda”, — dedi u.
Beskrestnovning fikricha, qishda Kiyevning elektr, suv va issiqlik ta’minoti tizimlariga zarbalar energetik inqirozga olib kelishi mumkin. U Rossiya oyiga 100 dan ortiq tezkor ballistik raketa ishlab chiqarayotganini aytdi.
Beskrestnov Ukrainada ballistik raketalarni urib tushirish uchun ishlatiladigan Patriot raketa-tutgichlari tanqisligini ham qayd etdi. U Zelenskiy xorijdan inqirozning oldini olish uchun yetarli miqdorda raketa ola bilishiga ishonch bildirmadi.
Beskrestnov Rossiyaning hujum salohiyati oshganini ham ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik tergovchilar iyul oyida Zaporojye yaqinida odam o‘limiga sabab bo‘lgan “Molniya” droni radioaloqa orqali emas, sun’iy intellekt yordamida boshqarilgan, degan xulosaga kelgan.
Maslahatchi bunday texnologiya kelajakda Shahed dronlariga ham o‘rnatilishi mumkinligidan xavotir bildirdi. Bu holda radioaloqani bostirishga asoslangan Ukraina radioelektron kurash tizimlarining samaradorligi pasayishi mumkin.
Ukraina ham avtonom dron ustida ishlamoqda va prototipga ega, biroq Beskrestnovning fikricha, Rossiya hozircha bu yo‘nalishda kattaroq imkoniyatlarga ega.
Uning aytishicha, Rossiya Xitoyda ishlab chiqarilgan reaktiv dvigatellar bilan jihozlangan, soatiga 320 kilometrdan yuqori tezlikda ucha oladigan yangi dron va raketalarni ham ishlab chiqarmoqda. Beskrestnov Rossiya avgustda Ukrainaga 2,5 mingta reaktiv dvigatelli Shahed uchirganini, iyul oyida bu ko‘rsatkich 1,5 mingta bo‘lganini bildirdi.
Uning ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya 2027-yilda qariyb 36 mingta reaktiv dvigatelli Shahed va yana 30 mingta porshenli dvigatelli dron ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, 10 mingta “Banderol” va 10 mingta Dan-T raketasi ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
Ukrainada esa reaktiv dronlarga qarshi tutib qoluvchi apparatlar ustida 4–6 kompaniya ishlamoqda, ammo ular hali seriyali ishlab chiqarishga tayyor emas, dedi Beskrestnov.