https://oz.sputniknews.uz/20260806/mirziyoev-elektr-gaz-reja-59533919.html
Mirziyoyev elektr va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash rejalari bilan tanishdi
Mirziyoyev elektr va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash rejalari bilan tanishdi
Sputnik O‘zbekiston
Yangiyo‘lda elektr va gaz muammolarini joyida hal qilish uchun tashkil etilgan shtab tajribasi yana 13 tumanda joriy etiladi. Texnik shartlar shaffoflashtirilib, avariyaviy uzilishlarni kamaytirish choralari ko‘riladi.
2026-08-06T17:47+0500
2026-08-06T17:47+0500
2026-08-06T17:47+0500
shavkat mirziyoyev
jamiyat
energetika
energetika vazirligi
elektr energiyasi
gaz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/08/52538735_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_1162897de71f9ad2d131ef54918f9100.jpg
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Yangiyo‘l tumanida elektr va gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni joyida hal qilish uchun yaratilgan tizim yana 13 ta tumanda joriy etiladi. Keyinchalik ushbu tajribani boshqa hududlarga ham tatbiq etish rejalashtirilgan.Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevga energetika tarmog‘ida 27-iyul kuni berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan taqdimotda ma’lum qilindi.Yangiyo‘lda maxsus shtab aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazmoqda. Elektr va gaz uzilishlari, quvvat yetishmasligi, gaz bosimining pasayishi, texnik shartlar olish hamda qarzdorlik bilan bog‘liq murojaatlar bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.Kuz-qish mavsumi oldidan eng ko‘p muammo kuzatilayotgan elektr va gaz tarmoqlari, transformatorlar hamda boshqa uskunalarni yangilash rejalashtirilgan. Shu orqali energiya yo‘qotishlari va avariyaviy uzilishlarni kamaytirish ko‘zda tutilmoqda.Tabiiy gaz yetkazib berish imkoniyati cheklangan mahallalarda suyultirilgan gaz ta’minotiga xususiy sektor kengroq jalb qilinadi. Tarmoqdagi jarayonlar va muammolarni kuzatishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish ham rejalashtirilgan.Soha xodimlariga vazifalarni elektron tizim orqali yetkazish, ularning ijrosini nazorat qilish va ish samaradorligini aniq ko‘rsatkichlar asosida baholash mexanizmi ishlab chiqiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260727/prezident-energetika-tanqid-59309811.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/08/52538735_46:0:1183:853_1920x0_80_0_0_a2e24a23aef542cad1447eadabe63398.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, jamiyat, energetika, energetika vazirligi, elektr energiyasi, gaz
shavkat mirziyoyev, jamiyat, energetika, energetika vazirligi, elektr energiyasi, gaz
Mirziyoyev elektr va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash rejalari bilan tanishdi
Yangi tizimda elektr va gaz uzilishlari, quvvat yetishmasligi, texnik shartlar hamda qarzdorlik muammolari joyida o‘rganiladi.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Yangiyo‘l tumanida elektr va gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni joyida hal qilish uchun yaratilgan tizim yana 13 ta tumanda joriy etiladi. Keyinchalik ushbu tajribani boshqa hududlarga ham tatbiq etish rejalashtirilgan.
Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevga energetika tarmog‘ida 27-iyul kuni berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan taqdimotda
ma’lum qilindi.
Yangiyo‘lda maxsus shtab aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazmoqda. Elektr va gaz uzilishlari, quvvat yetishmasligi, gaz bosimining pasayishi, texnik shartlar olish hamda qarzdorlik bilan bog‘liq murojaatlar bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.
Yangi tizimda tadbirkorlik subyektlarini elektr va gaz tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlar berish jarayonining qonuniyligi va shaffofligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi. Bu sohada korrupsiyaviy holatlarning oldini olish choralari ham kuchaytiriladi.
Kuz-qish mavsumi oldidan eng ko‘p muammo kuzatilayotgan elektr va gaz tarmoqlari, transformatorlar hamda boshqa uskunalarni yangilash rejalashtirilgan. Shu orqali energiya yo‘qotishlari va avariyaviy uzilishlarni kamaytirish ko‘zda tutilmoqda.
Tabiiy gaz yetkazib berish imkoniyati cheklangan mahallalarda suyultirilgan gaz ta’minotiga xususiy sektor kengroq jalb qilinadi. Tarmoqdagi jarayonlar va muammolarni kuzatishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish ham rejalashtirilgan.
Soha xodimlariga vazifalarni elektron tizim orqali yetkazish, ularning ijrosini nazorat qilish va ish samaradorligini aniq ko‘rsatkichlar asosida baholash mexanizmi ishlab chiqiladi.