Profilaktika inspektorlariga yangi vakolatlar beriladi

© uznews.uzShevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana
Shevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2026
Obuna bo‘lish
Profilaktika inspektorlari ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar uchun ogohlantirish va jazo qo‘llash vakolatiga ega bo‘ladi, ular faoliyati esa aholi ishonchi asosida baholanadi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekistonda profilaktika inspektorlarining fuqarolar bilan ishlash tartibi va vakolatlari o‘zgaradi. Bu prezidentning 4-sentabrdagi PQ–314-son qarorida nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, profilaktika inspektori o‘z vakolati doirasida birinchi marta sodir etilgan 17 turdagi kam ahamiyatli ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarima o‘rniga ma’muriy ogohlantirish qo‘llashi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, mahalla ko‘chalari va yo‘laklarida yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq 4 turdagi huquqbuzarlik bo‘yicha ma’muriy jazo qo‘llash vakolati beriladi.
Bundan tashqari, hozir tuman yoki shahar ichki ishlar organi boshlig‘i yoxud uning o‘rinbosarlari vakolatiga kiruvchi 9 turdagi ma’muriy huquqbuzarlik ishlarini ham profilaktika inspektorlari ko‘rib chiqishi mumkin bo‘ladi.
Ayni vaqtda inspektorning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi.
Yangi tizim fuqarolarning murojaatlariga xizmat yo‘nalishi yoki hududidan qat’i nazar tezkor munosabat bildirishni ham nazarda tutadi. Inspektorlar aholi bilan bevosita ishlab, huquqbuzarlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni barvaqt aniqlashi kerak bo‘ladi.
Shu bilan birga, aholi ovoz berish orqali profilaktika inspektoriga nisbatan “ishonchsizlik tashabbusi”ni bildirishi mumkin. Bu uni ichki ishlar organlaridan bo‘shatishgacha bo‘lgan choralarni ko‘rish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Profilaktika inspektorining ish natijalari ham yangi mezonlar asosida baholanadi.
Bunda aholining unga ishonchi darajasi, huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoki huquqbuzarlikdan jabrlanish xavfi bo‘lgan shaxslar bilan bog‘liq jinoyatlar soni, shuningdek, ma’muriy huquqbuzarliklarni qayta sodir etish holatlari hisobga olinadi.
Bundan tashqari, profilaktika inspektorlariga kasbiy vazifalaridan tashqari qo‘shimcha topshiriqlar yuklash va bevosita rahbari bo‘lmagan shaxslarning ko‘rsatmalar berishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Nashivka Ministerstvo vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2026
Aholining yarmidan ko‘pi ishonchsizlik bildirsa, profilaktika inspektori attestatsiyaga qo‘yiladi
Yangiliklar lentasi
0