https://oz.sputniknews.uz/20260629/profilaktika-inspektor-attestatsiya-58678686.html
Aholining yarmidan ko‘pi ishonchsizlik bildirsa, profilaktika inspektori attestatsiyaga qo‘yiladi
Aholining yarmidan ko‘pi ishonchsizlik bildirsa, profilaktika inspektori attestatsiyaga qo‘yiladi
Sputnik O‘zbekiston
Profilaktika inspektorlari har chorakda aholi oldida hisobot beradi. Agar fuqarolarning 50 foizidan ko‘pi ishonchsizlik bildirsa, inspektor attestatsiyaga qo‘yiladi.
2026-06-29T18:27+0500
2026-06-29T18:27+0500
2026-06-29T18:27+0500
o‘zbekiston
iiv
jamiyat
mahalla
xavfsizlik
iiv huzuridagi qo‘riqlash departamenti
yo‘l-patrul xizmati (ypx)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/10/36013284_0:378:2867:1991_1920x0_80_0_0_0eeb0e2f2292bce1fde322cd468ddaf7.jpg
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev profilaktika inspektorlari va jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Taqdimotda jinoyatchilikni baholashda faqat statistik ko‘rsatkichlarga tayanish yetarli emasligi qayd etildi. Kriminogen vaziyatni baholashda aholi ishonchi, huquqbuzarliklarning qayta sodir etilishi, xavf guruhidagi shaxslar bilan ishlash natijadorligi asosiy mezonlardan bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.Jamoat xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini “aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tizim” tamoyili asosida baholash taklif qilinmoqda. Buning uchun yo‘l-patrul, patrul-post va qo‘riqlash xizmatlari faoliyatini o‘zaro uyg‘unlashtirish rejalashtirilgan.Jumladan:Taqdimotda profilaktika inspektorlariga xos bo‘lmagan 50 ga yaqin qo‘shimcha vazifa yuklatilgani ham qayd etildi. Shu munosabat bilan “Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorining maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.Qonun loyihasiga ko‘ra, profilaktika inspektorining asosiy maqsadi aholi ishonchining yuqori darajasiga erishish va xizmat hududida jinoyatchilikni jilovlashdan iborat bo‘ladi. U xizmat hududida tergovga qadar tekshiruv va profilaktikani amalga oshiruvchi mansabdor shaxs hisoblanadi.Profilaktika inspektoriga faqat qonun bilan belgilangan vazifalar yuklanadi. Uning kasbiy faoliyatiga aralashish, unga taalluqli bo‘lmagan topshiriqlar va asossiz yuklamalar berish taqiqlanadi.Inspektorga quyidagi huquqlar berilishi rejalashtirilgan:Shu bilan birga, profilaktika inspektori fuqarolarning huquqbuzarliklar haqidagi murojaatlarini qabul qilishi, ularga tezkor munosabat bildirishi, huquqbuzarlik sodir etilgan joyga darhol yetib borishi va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yoki boshqa zarur yordam ko‘rsatishi shart bo‘ladi.Shuningdek, hokimliklarga profilaktika inspektorlarini xizmat xonasi va uy-joy bilan ta’minlash majburiyati yuklatilishi, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi rejalashtirilmoqda.Profilaktika inspektorlariga 18 ta modda bo‘yicha ma’muriy ogohlantirish jazosini qo‘llash imkoniyati yaratiladi.Agar aholining 50 foizidan ko‘pi uning faoliyatiga ishonchsizlik bildirsa, profilaktika inspektori attestatsiyaga qo‘yiladi va lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqiladi.Prezident takliflarni ma’qullab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260127/profilaktika-inspektor-tergov-choralar-55312481.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/10/36013284_589:574:2472:1986_1920x0_80_0_0_f18127ebd1442f9eafa5d299daa88454.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, iiv, jamiyat, mahalla, xavfsizlik, iiv huzuridagi qo‘riqlash departamenti , yo‘l-patrul xizmati (ypx)
o‘zbekiston, iiv, jamiyat, mahalla, xavfsizlik, iiv huzuridagi qo‘riqlash departamenti , yo‘l-patrul xizmati (ypx)
Aholining yarmidan ko‘pi ishonchsizlik bildirsa, profilaktika inspektori attestatsiyaga qo‘yiladi
Profilaktika inspektori maqomi to‘g‘risidagi qonun loyihasida ularning yangi vakolat va majburiyatlari hamda aholi oldidagi hisobdorligi belgilanmoqda.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev profilaktika inspektorlari va jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Taqdimotda jinoyatchilikni baholashda faqat statistik ko‘rsatkichlarga tayanish yetarli emasligi qayd etildi. Kriminogen vaziyatni baholashda aholi ishonchi, huquqbuzarliklarning qayta sodir etilishi, xavf guruhidagi shaxslar bilan ishlash natijadorligi asosiy mezonlardan bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.
Jamoat xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini “aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tizim” tamoyili asosida baholash taklif qilinmoqda. Buning uchun yo‘l-patrul, patrul-post va qo‘riqlash xizmatlari faoliyatini o‘zaro uyg‘unlashtirish rejalashtirilgan.
yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha ayrim funksiyalar patrul-post va qo‘riqlash xizmatlariga berilishi;
jamoat tartibini saqlashdagi ba’zi vakolatlar yo‘l-patrul xizmatiga o‘tkazilishi;
aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish yagona tizimga birlashtirilishi;
xavf guruhiga kiruvchi shaxslar bilan manzilli ishlash kuchaytirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Taqdimotda profilaktika inspektorlariga xos bo‘lmagan 50 ga yaqin qo‘shimcha vazifa yuklatilgani ham qayd etildi. Shu munosabat bilan “Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorining maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.
Loyihada profilaktika inspektorining huquqiy maqomi, vazifalari, huquqlari, majburiyatlari, kasbiy faoliyat kafolatlari, ijtimoiy-huquqiy himoyasi, rag‘batlantirish va javobgarlik choralari aniq belgilanishi nazarda tutilgan.
Qonun loyihasiga ko‘ra, profilaktika inspektorining asosiy maqsadi aholi ishonchining yuqori darajasiga erishish va xizmat hududida jinoyatchilikni jilovlashdan iborat bo‘ladi. U xizmat hududida tergovga qadar tekshiruv va profilaktikani amalga oshiruvchi mansabdor shaxs hisoblanadi.
Profilaktika inspektoriga faqat qonun bilan belgilangan vazifalar yuklanadi. Uning kasbiy faoliyatiga aralashish, unga taalluqli bo‘lmagan topshiriqlar va asossiz yuklamalar berish taqiqlanadi.
Inspektorga quyidagi huquqlar berilishi rejalashtirilgan:
davlat organlarining axborot tizimlaridan bepul foydalanish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi turini mustaqil tanlash;
majburiy profilaktik ko‘rsatmalar berish;
taqdimnoma kiritish va uning ijrosini talab qilish;
vakolati doirasida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish.
Shu bilan birga, profilaktika inspektori fuqarolarning huquqbuzarliklar haqidagi murojaatlarini qabul qilishi, ularga tezkor munosabat bildirishi, huquqbuzarlik sodir etilgan joyga darhol yetib borishi va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yoki boshqa zarur yordam ko‘rsatishi shart bo‘ladi.
Shuningdek, hokimliklarga profilaktika inspektorlarini xizmat xonasi va uy-joy bilan ta’minlash majburiyati yuklatilishi, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi rejalashtirilmoqda.
Profilaktika inspektorlariga 18 ta modda bo‘yicha ma’muriy ogohlantirish jazosini qo‘llash imkoniyati yaratiladi.
Inspektorning aholi oldida hisobdorligi kuchaytiriladi. U xizmat hududida xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha har chorakda hisobot berib boradi.
Agar aholining 50 foizidan ko‘pi uning faoliyatiga ishonchsizlik bildirsa, profilaktika inspektori attestatsiyaga qo‘yiladi va lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqiladi.
Prezident takliflarni ma’qullab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.