Prezident administratsiyasida kadrlar va tuzilmaviy o‘zgarishlar amalga oshirildi

© Milliy olimpiya qo‘mitasi Po‘lat Bobojonov
Po‘lat Bobojonov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2026
Obuna bo‘lish
G‘ofurjon Mirzayev bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga tayinlandi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Po‘lat Bobojonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Tegishli farmonni prezident Shavkat Mirziyoyev imzoladi.
Bobojonov avval ichki ishlar vaziri lavozimida ishlagan. U 2012-yildan Xorazm viloyatiga rahbarlik qilgan, 2017-yilda esa ichki ishlar vaziri etib tayinlangan.
Prezident administratsiyasi tuzilmasini maqbullashtirish doirasida prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimi va uning bo‘linmasi ham tugatildi.
Shuningdek, G‘ofurjon Mirzayev bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga tayinlandi. U shu munosabat bilan prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi. Mirzayev nomzodi avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
Mirzayev ilgari Sirdaryo viloyati hokimi bo‘lib ishlagan. 2023-yilda u prezidentning kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlangan.
Administratsiyada mahalla instituti samaradorligini oshirish prezidentning vakillik organlari, NNT va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmasining qo‘shimcha vazifasi etib belgilandi. Davlat mukofotlari va geraldika sohasi hamda mahalliy hokimliklar bilan hamkorlik qilish vazifalari esa Komplayens xizmatiga o‘tkazildi.
Kabinet s flagom Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2026
Migratsiya agentligi direktori o‘zgardi
Yangiliklar lentasi
0