https://oz.sputniknews.uz/20260904/migratsiya-agentligi-60193497.html
Migratsiya agentligi direktori o‘zgardi
Migratsiya agentligi direktori o‘zgardi
Sputnik O‘zbekiston
2024 yildan buyon agentlikka rahbarlik qilib kelayotgan Behzod Musayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod qilindi. Abdurahmonov 1974-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Toshkent iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U 2021-yil iyulidan buyon O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
2026-09-04T09:28+0500
2026-09-04T09:28+0500
2026-09-04T10:47+0500
jamiyat
migratsiya agentligi
yangi tayinlov
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1f/21173682_36:0:1766:973_1920x0_80_0_0_202096c91c2efacf29f8a5484603d150.jpg
TOShKENT, 4 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori bilan Behzod Musayev Migratsiya agentligi direktori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.Uning lavozimidan ozod etilishiga boshqa ishga o‘tishi sabab qilib ko‘rsatilgan. U 2024-yil 23-sentabr kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari lavozimiga tayinlangandi. O‘shanda agentlik Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunuviga o‘tkazilgandi.Undan oldin Musayev kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri bo‘lib ishlagan. Shuningdek, u sog‘liqni saqlash vaziri, ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari, Hisob palatasi va Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.Prezident agentlikning yangi rahbari etib Muhsinxo‘ja Abdurahmonovni tayinladi. U 2021-yil iyulidan buyon O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.Abdurahmonov 1974-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Toshkent iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Chiko shahridagi Kaliforniya davlat universitetida (AQSh) stajirovka o‘tagan, Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi kurslarida tahsil olgan.1998−2001 yillarda Otaru kommersiya universitetida (Yaponiya) magistraturada, 2001−2004 yillarda Xokkaydo universitetida (Yaponiya) doktoranturada tahsil olgan. 2006−2008 yillarda esa shu universitetda ilmiy tadqiqotchi bo‘lib ishlagan.2004−2006 yillarda “Coca-Cola Uzbekistan LLC” kompaniyasida menejer, 2008−2017 yillarda MTRUST (Yaponiya) kompaniyasi bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan2018−2021 yillarda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. Keyin qisqa muddat O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining investitsiyalar bo‘yicha boshqarmasiga rahbarlik qilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260903/russia-ish-hujjat-uzbekistan-rasmiylashtirish-60162553.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1f/21173682_252:0:1549:973_1920x0_80_0_0_353381cc1b550ae5443dd50838c7a773.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, migratsiya agentligi, yangi tayinlov, o‘zbekiston
jamiyat, migratsiya agentligi, yangi tayinlov, o‘zbekiston
Migratsiya agentligi direktori o‘zgardi
09:28 04.09.2026 (yangilandi: 10:47 04.09.2026) 2024 yildan buyon agentlikka rahbarlik qilib kelayotgan Musayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod qilindi.
TOShKENT, 4 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori bilan Behzod Musayev Migratsiya agentligi direktori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov
ma’lum qildi. Uning lavozimidan ozod etilishiga boshqa ishga o‘tishi sabab qilib ko‘rsatilgan. U 2024-yil 23-sentabr kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari lavozimiga tayinlangandi. O‘shanda agentlik Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunuviga o‘tkazilgandi.
Undan oldin Musayev kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri bo‘lib ishlagan. Shuningdek, u sog‘liqni saqlash vaziri, ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari, Hisob palatasi va Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.
Prezident agentlikning yangi rahbari etib Muhsinxo‘ja Abdurahmonovni tayinladi. U 2021-yil iyulidan buyon O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Abdurahmonov 1974-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Toshkent iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Chiko shahridagi Kaliforniya davlat universitetida (AQSh) stajirovka o‘tagan, Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi kurslarida tahsil olgan.
1998−2001 yillarda Otaru kommersiya universitetida (Yaponiya) magistraturada, 2001−2004 yillarda Xokkaydo universitetida (Yaponiya) doktoranturada tahsil olgan. 2006−2008 yillarda esa shu universitetda ilmiy tadqiqotchi bo‘lib ishlagan.
2004−2006 yillarda “Coca-Cola Uzbekistan LLC” kompaniyasida menejer, 2008−2017 yillarda MTRUST (Yaponiya) kompaniyasi bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan
2018−2021 yillarda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. Keyin qisqa muddat O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining investitsiyalar bo‘yicha boshqarmasiga rahbarlik qilgan.