https://oz.sputniknews.uz/20260907/ozbekistonliklar-davlatlar-kochib-ketish-60260157.html
Qozog‘iston va Rossiya yetakchi: o‘zbekistonliklar qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda
Qozog‘iston va Rossiya yetakchi: o‘zbekistonliklar qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda
Sputnik O‘zbekiston
2026 yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistondan 5 422 kishi xorijga doimiy yashash uchun ko‘chib ketdi. Ularning 83 foizi Qozog‘istonni, 14,1 foizi esa Rossiyani tanlagan.
2026-09-07T13:21+0500
2026-09-07T13:21+0500
2026-09-07T13:36+0500
milliy statistika qo‘mitasi
qoraqalpog‘iston
o‘zbekiston
jamiyat
migratsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/1b/44553746_0:0:2827:1591_1920x0_80_0_0_d37bb2fab44202f48efc65aa5b7d01df.jpg
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. 2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistondan xorijiy davlatlarga jami 5 422 kishi doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketgan. Ularning 14,1 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.Birinchi o‘rinda katta farq bilan Qozog‘iston — 83 foiz. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu qariyb 4,5 ming kishi degani. Rossiyaga esa taxminan 765 kishi ko‘chib ketgan.Keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya — 0,8 foiz va Qirg‘iziston — 0,6 foiz. Boshqa davlatlar ulushi jami 1,5 foizni tashkil etgan.Hududlar bo‘yicha eng ko‘p ko‘chib ketganlar Qoraqalpog‘istonda — 1 899 kishi. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 1 431 va Navoiy viloyati — 1 203 kishi. Ushbu uch hudud hissasi xorijga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlarning qariyb 84 foizini tashkil etgan.Toshkent shahrida esa bunday fuqarolar soni 492 nafar bo‘lgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260804/kyrgyzstan-chongara-aholi-fuqarolik-59477402.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/1b/44553746_42:0:2773:2048_1920x0_80_0_0_910700fa1504fec192afba1053a1532b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
milliy statistika qo‘mitasi , qoraqalpog‘iston, o‘zbekiston, jamiyat, migratsiya
milliy statistika qo‘mitasi , qoraqalpog‘iston, o‘zbekiston, jamiyat, migratsiya
Qozog‘iston va Rossiya yetakchi: o‘zbekistonliklar qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda
13:21 07.09.2026 (yangilandi: 13:36 07.09.2026) O‘zbekistondan doimiy yashash uchun xorijga ko‘chib ketuvchilar soni kamaydi. Ular asosan Qozog‘iston va Rossiyaga ko‘chib ketmoqda.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. 2026 yilning birinchi yarmida O‘zbekistondan xorijiy davlatlarga jami 5 422 kishi doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketgan. Ularning 14,1 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi
ma’lum qildi.
Birinchi o‘rinda katta farq bilan Qozog‘iston — 83 foiz. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu qariyb 4,5 ming kishi degani. Rossiyaga esa taxminan 765 kishi ko‘chib ketgan.
Keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya — 0,8 foiz va Qirg‘iziston — 0,6 foiz. Boshqa davlatlar ulushi jami 1,5 foizni tashkil etgan.
Umuman, O‘zbekistondan doimiy yashash uchun ko‘chib ketuvchilar soni kamaygan. 2026-yil birinchi yarmida bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 129 kishiga yoki 2,3 foizga pasaygan.
Hududlar bo‘yicha eng ko‘p ko‘chib ketganlar Qoraqalpog‘istonda — 1 899 kishi. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 1 431 va Navoiy viloyati — 1 203 kishi. Ushbu uch hudud hissasi xorijga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlarning qariyb 84 foizini tashkil etgan.
Toshkent shahrida esa bunday fuqarolar soni 492 nafar bo‘lgan.