https://oz.sputniknews.uz/20260804/kyrgyzstan-chongara-aholi-fuqarolik-59477402.html
Qirg‘iziston O‘zbekistondan o‘tgan Chongara aholisiga fuqarolik berishni boshladi
Qirg‘iziston O‘zbekistondan o‘tgan Chongara aholisiga fuqarolik berishni boshladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondan Qirg‘iziston tarkibiga o‘tgan Chongara qishlog‘ida fuqarolikni rasmiylashtirish boshlandi. Ikki qishloqda 2,5 mingga yaqin etnik qirg‘iz yashaydi, jarayon 2026-yil oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda.
2026-08-04T10:53+0500
2026-08-04T10:53+0500
2026-08-04T10:54+0500
chegara
qirg‘iziston
shartnoma
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/04/59477236_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_e69a64ed4fe257feee3a85edb64c7403.jpg
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekistondan Qirg‘iziston tarkibiga o‘tayotgan Chongara va Tosh-Tepa qishloqlarida aholini ro‘yxatga olish ishlari boshlandi, deb xabar bermoqda Qirg‘izistonning "Kabar" milliy axborot agentligi.Hozirda mahalliy aholi bilan tushuntirish uchrashuvlari o‘tkazilib, ularga Qirg‘iziston fuqaroligini olish tartibi va taqdim etilishi zarur bo‘lgan hujjatlar haqida ma’lumot berilmoqda. Fuqarolikni rasmiylashtirish ishlarini 2026-yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan. Shundan so‘ng aholi Qirg‘iziston pasportlarini olishi mumkin.Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi Asqat Alagozovning ma’lum qilishicha, ikki qishloq evaziga Qirg‘iziston O‘zbekistonga chegara hududidagi maydoni teng bo‘lgan yer uchastkalarini bergan. Almashilgan qishloqlar va ular evaziga berilgan yerlarning aniq maydoni ochiqlanmagan.Bundan tashqari, tomonlar Say va Tayan qishloqlari o‘rtasida avtomobil yo‘li qurish uchun umumiy maydoni 236 gektar bo‘lgan teng yer uchastkalarini almashgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251116/uzbekistan-kyrgyzstan-tajikistan-chegara-kelishuv-53511142.html
qirg‘iziston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/04/59477236_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_4196ada9b2fc6c047897ad5489108539.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
chegara, qirg‘iziston, shartnoma, o‘zbekiston
chegara, qirg‘iziston, shartnoma, o‘zbekiston
Qirg‘iziston O‘zbekistondan o‘tgan Chongara aholisiga fuqarolik berishni boshladi
10:53 04.08.2026 (yangilandi: 10:54 04.08.2026) Qirg‘iziston tarkibiga o‘tgan Chongara qishlog‘ida aholini fuqarolikka qabul qilish uchun hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekistondan Qirg‘iziston tarkibiga o‘tayotgan Chongara va Tosh-Tepa qishloqlarida aholini ro‘yxatga olish ishlari boshlandi, deb
xabar bermoqda Qirg‘izistonning "Kabar" milliy axborot agentligi.
Hozirda mahalliy aholi bilan tushuntirish uchrashuvlari o‘tkazilib, ularga Qirg‘iziston fuqaroligini olish tartibi va taqdim etilishi zarur bo‘lgan hujjatlar haqida ma’lumot berilmoqda. Fuqarolikni rasmiylashtirish ishlarini 2026-yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan. Shundan so‘ng aholi Qirg‘iziston pasportlarini olishi mumkin.
Chongara va Tash-Tobo qishloqlari O‘zbekiston–Qirg‘iziston davlat chegarasini demarkatsiya qilish doirasida Qirg‘iziston tarkibiga o‘tgan edi. Ilgari Farg‘ona viloyatiga qarashli bo‘lgan ushbu ikki qishloqda 2,5 mingga yaqin kishi, asosan etnik qirg‘izlar yashaydi.
Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi Asqat Alagozovning ma’lum qilishicha, ikki qishloq evaziga Qirg‘iziston O‘zbekistonga chegara hududidagi maydoni teng bo‘lgan yer uchastkalarini bergan. Almashilgan qishloqlar va ular evaziga berilgan yerlarning aniq maydoni ochiqlanmagan.
Bundan tashqari, tomonlar Say va Tayan qishloqlari o‘rtasida avtomobil yo‘li qurish uchun umumiy maydoni 236 gektar bo‘lgan teng yer uchastkalarini almashgan.