Germaniya sharqidagi saylovlar kansler Mers uchun og‘ir mag‘lubiyat bilan yakunlandi

© RIA Novosti / Sgenerirovano IIIzobrajenie sgenerirovano II
Izobrajenie sgenerirovano II - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2026
Obuna bo‘lish
Saksoniya-Anxaltdagi saylovlar Fridrix Mers uchun faqat partiyaviy emas, kanslerlik mag‘lubiyatiga ham aylanishi mumkin.
TOShKENT, 7 sen – Sputnik. Bir necha soat oldin Saksoniya-Anxaltda parlament saylovlarida ovozlarni sanash yakunlandi. Natija kutilganday bo‘ldi: “Germaniya uchun muqobil” (AfG) 43,8 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi.
Eng yaqin raqobatchi — kansler Fridrix Mersning Xristian-demokratik ittifoqi 17 foizdan sal ko‘proq ovoz oldi. Bu katta mag‘lubiyat: XDI bu sharqiy o‘lkada deyarli chorak asr hokimiyat tepasida edi, deya yozadi RIA Novosti kolumnisti.
G‘alabani nishonlar ekan, AfG partiyasining mahalliy yetakchisi Ulrix Zigmund partiya muvaffaqiyati uchun uning “yuzi”ga aylangan odamga minnatdorchilik bildirdi. Albatta, u Mersni nazarda tutdi. AfG o‘z yuksalishi uchun unga ham, uning o‘tmishdoshlariga ham qarzdor.
Atigi 13-yil oldin AfG partiyasini hech kim jiddiy qabul qilmas, matbuot uni friklar to‘dasi sifatida mazax qilardi. 2013-yilgi birinchi Bundestag saylovida partiya besh foiz ham ovoz to‘play olmadi. 2025-yilga kelib esa mamlakatdagi ikkinchi eng ommabop siyosiy kuchga aylandi.
Endi u birinchi o‘rin uchun kurashmoqda va mashhur “brandmauer” — siyosiy boykotni ham yorib o‘tmoqda.
Bir-ikki haftadan so‘ng Meklenburg — Old Pomeraniyada saylovlar bo‘ladi va u yerda ham AfG g‘alabasi deyarli muqarrar.
Xristian-demokratlar lagerida tushkunlik hukm surmoqda, ammo ular bu mag‘lubiyat uchun avvalo o‘zlariga “minnatdor” bo‘lishi mumkin: mamlakatdagi qarorlarni monopollashtirib, imkon qadar ko‘proq xatoga yo‘l qo‘yishdi.
AfG eng katta qo‘llovni Sharqiy Germaniyada, sobiq GDR hududlarida oladi. “Muqobil”ga ovoz berish — sharqiy nemislarning uzoq kutilgan revanshi. Saylovchilar ishtiroki 76 foizdan oshgani ham bejiz emas. Zigmund ovoz berishga hatto GDR davridan qolgan eski skuterda keldi.
Germaniya birlashgandan keyin GFR elitasi GDRni amalda tugatdi. Sharqiy yerlarning sanoati arzimagan 34 milliard yevroga sotildi, korxonalarning 85 foizi g‘arbiy nemislar nazoratiga o‘tdi, siyosiy hokimiyat dastaklarini ham ular egalladi.
Ommaviy ishsizlik va qashshoqlik demografik falokatni keltirib chiqardi. Millionlab sobiq GDR aholisi, avvalo yoshlar G‘arbiy Germaniyaga ketdi. Hatto bugun ham sharqdagi o‘rtacha uy xo‘jaligi g‘arbdagidan roppa-rosa ikki baravar kambag‘al. Sharqda so‘l-liberal kun tartibi ham keskin rad etiladi.
2017 yilda sharqiy nemislar Angela Merkelni hushtakbozlik bilan kutib olgan edi. Endi “ossi”lar — sharqiylar Mersni yo‘q qilmoqda, bu borada “vessi”lar — g‘arbiylar ham ularga qo‘shilgan. "BlackRock"ning sobiq vakili tarixiy antirekord o‘rnatdi: uning reytingi 11–13 foiz atrofida.
Amerika biznesi manfaatlariga to‘liq mos ravishda Mers Germaniya iqtisodiyotini vayron qilmoqda, bankrotlik to‘lqini esa ayniqsa sharqiy yerlarga zarba berapti. Shu bilan birga, Kiyevga behisob pul va qurol yuborilmoqda. XDI ichida “kanslerni almashtirish” haqida gaplar paydo bo‘lgani ajab emas — axir kimnidir aybdor qilish kerak-ku.
Saksoniya-Anxaltda AfG partiyasining vaziyati qulay: u yakka o‘zi hukumat tuza olmaydi, ammo raqiblarining koalitsiya tuzishi ham juda qiyin. Bu esa uzoq boshqaruv inqiroziga olib kelishi mumkin. AfG muxolifatda qolib hukumatni tanqid qiladi, reyting to‘playdi va qarorlar uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi.
Yana bir variant ham bor: “brandmauer” qulab, AfG boshqa partiya bilan koalitsiya tuzadi va siyosiy izolyatsiyadan chiqadi.
Mersning kanslerlikdan ketishi ehtimoli yuqori, ammo Germaniya sharqi va g‘arbi o‘rtasida tobora kengayib borayotgan jarlik yanada jiddiy xavf.
Iqtisodiyot, mafkura, migratsiya, harbiylashtirish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalalarida “ossi” va “vessi”ning qarashlari turlicha. Ularni hozircha faqat Mersga nisbatan nafrat birlashtirib turibdi.
Siyosiy qarashlarda Germaniya yana bir vaqtlar Moskva birlashishiga imkon bergan chiziq bo‘ylab parchalanmoqda. Lekin bu safar ruslar qutqara olmaydi.
Kansler Germanii Fridrix Mers. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2026
Rossiya gazi yo‘qligi sabab Germaniyada energetika inqirozi davom etmoqda — Mers
Yangiliklar lentasi
0