Rossiya gazi yo‘qligi sabab Germaniyada energetika inqirozi davom etmoqda — Mers

© AP Photo / Ebrahim NorooziKansler Germanii Fridrix Mers. Arxivnoe foto
Kansler Germanii Fridrix Mers. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2026
Obuna bo‘lish
Germaniya kansleri Rossiya gazi yo‘qligi tufayli mamlakatda energetika inqirozi davom etayotganini aytdi. Avtosanoatda ham qisqarishlar kuzatilmoqda.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Rossiya gazi yo‘qligi sabab Germaniyada energetika inqirozi davom etmoqda. Bu haqda Germaniya kansleri Fridrix Mers ZDF telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Biz Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan mutlaqo boshqa chaqiriqqa duch kelmoqdamiz. Rossiya gazi yo‘qligi tufayli energetika inqirozi davom etmoqda”, — dedi u.
Mers bu fikrni saylovchilarga bergan baland va’dalarini xato deb hisoblaydimi, degan savolga javoban bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kanslerlik faoliyati boshida hukumat boshqa shart-sharoitlardan kelib chiqqan, biroq xalqaro muammolarning cho‘zilishi vaziyatni o‘zgartirgan.
Kansler Xitoy tomonidan raqobat kuchayganini hamda Donald Tramp prezidentligi davrida AQSh bilan munosabatlar murakkablashganini ta’kidladi. Uning aytishicha, Vashington NATOni avvalgi o‘nlab yillardagi kabi qo‘llab-quvvatlamayapti.
Gaz narxi elektr energiyasi qiymatiga ham ta’sir qildi
Germaniya iqtisodiyoti uzoq yillar davomida Rossiyadan quvur orqali yetkazib berilgan nisbatan arzon gazga tayangan. U gaz nafaqat uylarni isitishda, balki sanoat korxonalari va elektr stansiyalarida ham ishlatilgan.
Rossiya gazi yetkazib berish hajmining qisqarishi Yevropa bozorida gaz narxining keskin oshishiga olib keldi.
Yuqori energiya xarajatlari sanoatga bosim o‘tkazmoqda
Xalqaro energetika agentligi Germaniyada yuqori elektr energiyasi narxlari iqtisodiyotning raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini qayd etgan. Agentlikka ko‘ra, sanoat, ayniqsa, tabiiy gaz narxining yuqoriligi bilan bog‘liq bosimni his qilmoqda.

Germaniya Federal statistika idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, energiyani ko‘p talab qiladigan sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish 2025-yilda 2021-yilga nisbatan 17,8 foiz kam bo‘lgan.

Shu bois energiya xarajatlarining yuqoriligi Germaniyada kimyo, metallurgiya va boshqa energiyani ko‘p talab qiladigan mahsulotlar ishlab chiqarish rentabelligiga hamda ularning xalqaro bozordagi raqobatbardoshligiga bosim o‘tkazmoqda.
Mesto utechki na gazoprovode Severniy potok -2. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Germaniyada chiqqan kitob: Zelenskiy “Shimoliy oqim” rejasidan xabardor bo‘lgani da’vo qilindi
Yangiliklar lentasi
0