Avgustda inflyatsiya 0,2 foizni tashkil etdi — dollar kursi nimani arzonlashtirdi

Obuna bo‘lish
Avgustda iste’mol narxlari 0,2 foizga oshdi, yillik inflyatsiya esa 6,2 foizgacha sekinlashdi. Ayrim mahsulotlar sezilarli arzonladi.
2026 yil avgust oyida O‘zbekistonda iste’mol narxlari o‘rtacha 0,2 foizga oshdi. Yil boshidan inflyatsiya 3,4 foizni, yillik hisobda esa 6,2 foizni tashkil etdi. Bir yil avval yillik inflyatsiya 8,8 foiz edi.
Oy davomida ayrim oziq-ovqat mahsulotlari sezilarli qimmatladi. Jumladan, sabzi — 9,2 foiz, tarvuz — 7,5 foiz, piyoz — 6,2 foiz, guruch — 2,2 foiz, grechka — 1,1 foizga qimmatladi.
Ayni paytda mavsumiy omillar tufayli uzum 10,9 foiz, bulg‘or qalampiri 9,2 foiz, olma 7,2 foiz, nok 6 foiz va baqlajon 5,5 foizga arzonladi. Kartoshka narxi ham 3,3 foizga pasaydi.
Avtomobil yoqilg‘isi narxlarida esa o‘sish kuzatildi. Propan 5,8 foiz, AI-95 benzini 4,9 foiz, AI-98 va AI-100 markalari 6,7 foizga qimmatladi. Benzinning o‘rtacha narxi bir oyda 1,9 foizga oshdi.
Shu bilan birga, so‘mning AQSh dollari va Rossiya rubliga nisbatan mustahkamlanishi ayrim xizmatlar narxining pasayishiga ta’sir qildi. Xususan, pul o‘tkazmalari uchun to‘lov avgustda 1,4 foizga arzonladi.
Kommunal xizmatlarning asosiy tariflari avgustda o‘zgarmadi. Dori vositalari narxi esa o‘rtacha 0,2 foizga pasaydi.
Yangiliklar lentasi
0