AQShda “O‘zbek mahallasi” tashkil etildi

© Informatsionnoe agentstvo DunyoV Sietle sozdano obshestvennoe obyedinenie "Uzbekskaya maxallya"
V Sietle sozdano obshestvennoe obyedinenie Uzbekskaya maxallya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2026
Obuna bo‘lish
AQShning Sietl shahrida “O‘zbek mahallasi” jamoat birlashmasi rasman ro‘yxatdan o‘tdi. U vatandoshlarni birlashtirish va milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. AQShning Vashington shtati Sietl shahrida istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar tashabbusi bilan “O‘zbek mahallasi” jamoat birlashmasi tashkil etildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, birlashma Vashington shtati hukumati tomonidan rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu Sietl va uning atrofida yashovchi o‘zbek jamoasi faoliyatini huquqiy asosda yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
Hozirda Vashington shtatida 3 mingdan ziyod o‘zbekistonlik istiqomat qiladi. Ularning bir qismi Sietl va atrofidagi yirik texnologik hamda transmilliy kompaniyalarda dasturiy ta’minot, sun’iy intellekt, muhandislik, aviatsiya, tibbiyot va tadbirkorlik sohalarida faoliyat yuritmoqda.
“O‘zbek mahallasi” jamoat birlashmasi raisi etib AQSh davlat boshqaruvi tizimida 15-yillik tajribaga ega Muso Xolmurodov tayinlangan. U hozirda Vashington shtati Tuzatish ishlari departamentida boshqaruvchi lavozimida ishlaydi.
Birlashma vatandoshlarni birlashtirish, milliy bayramlar va madaniy tadbirlarni tashkil etish, AQShga yangi kelgan o‘zbekistonliklarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish, shuningdek, yosh avlodda ona tili va milliy qadriyatlarga qiziqishni kuchaytirishni maqsad qilgan.

Ma’lumot uchun, Sietl va uning atrofi AQShning muhim texnologik va aviatsiya markazlaridan biri bo‘lib, hudud Amazon, Microsoft va Boeing kabi yirik korporatsiyalar faoliyati bilan tanilgan.

Iftari dlya uzbekistansev za rubejom proydut v bolee chem 50 gorodax vo vremya Ramadana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2026
Ramazonda xorijdagi o‘zbekistonliklar uchun 50 tadan ortiq shaharda iftorliklar o‘tkaziladi
Yangiliklar lentasi
0