https://oz.sputniknews.uz/20260906/un-xarita-proektsiya-60245781.html
Adolatli dunyo adolatli xaritadan boshlanadi: BMT yangi xarita proyeksiyasini qo‘llab-quvvatladi
Adolatli dunyo adolatli xaritadan boshlanadi: BMT yangi xarita proyeksiyasini qo‘llab-quvvatladi
Sputnik O‘zbekiston
BMT Bosh Assambleyasi Afrikani kichraytirib ko‘rsatmaydigan Equal Earth xarita proyeksiyasini qo‘llab-quvvatladi. Rezolyutsiyani 164 davlat ma’qulladi, AQSh qarshi ovoz berdi. Yangi xarita maydonlarni aniqroq ko‘rsatadi.
2026-09-06T14:47+0500
2026-09-06T14:47+0500
2026-09-07T10:03+0500
bmt
afrika
dunyo yangiliklari
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/149/02/1490291_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_5e66709ced2c91b79fa2425a5801e14d.jpg
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. BMT Bosh Assambleyasi Afrika va boshqa hududlarning haqiqiy maydonini aniqroq aks ettiruvchi Equal Earth xarita proyeksiyasidan kengroq foydalanishni qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiyani ma’qulladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Hujjatni 164 ta davlat qo‘llab-quvvatladi, oltita davlat betaraf qoldi. AQSh yagona qarshi ovoz bergan mamlakat bo‘ldi.Gap XVI asrda yaratilgan Merkator proyeksiyasi haqida ketmoqda. U dengiz navigatsiyasi uchun qulay, ammo qutblarga yaqin hududlarni kattalashtirib, ekvator atrofidagi qit’alarni nisbatan kichik ko‘rsatadi. Masalan, unda Grenlandiya Afrika bilan deyarli bir xil ko‘rinadi, holbuki Afrika maydoni undan taxminan 14 barobar katta.Equal Earth proyeksiyasi esa qit’alar maydonining o‘zaro nisbatini aniqroq saqlaydi. Rezolyutsiya majburiy emas va Merkator xaritasidan dengiz hamda havo navigatsiyasida foydalanishni taqiqlamaydi.Togo yil oxirigacha maktab geografiya darsliklaridagi xaritalarni yangilashni rejalashtirmoqda. Afrika Ittifoqi rahbari Mahmud Ali Yusuf esa Afrika "haqiqiy o‘lchami va dunyodagi munosib o‘rni bilan" aks ettirilishi kerakligini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260521/un-central-asia-chegara-masala-etirof-57733404.html
afrika
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/149/02/1490291_188:0:1313:844_1920x0_80_0_0_a604db66f4b1de5dbe8d83156d705523.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bmt, afrika, dunyo yangiliklari, dunyoda
bmt, afrika, dunyo yangiliklari, dunyoda
Adolatli dunyo adolatli xaritadan boshlanadi: BMT yangi xarita proyeksiyasini qo‘llab-quvvatladi
14:47 06.09.2026 (yangilandi: 10:03 07.09.2026) BMT Bosh Assambleyasi Afrika va boshqa qit’alarning haqiqiy maydonini aniqroq ko‘rsatuvchi Equal Earth xaritasini qo‘llab-quvvatladi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. BMT Bosh Assambleyasi Afrika va boshqa hududlarning haqiqiy maydonini aniqroq aks ettiruvchi Equal Earth xarita proyeksiyasidan kengroq foydalanishni qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiyani ma’qulladi. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi.
Hujjatni 164 ta davlat qo‘llab-quvvatladi, oltita davlat betaraf qoldi. AQSh yagona qarshi ovoz bergan mamlakat bo‘ldi.
Tashabbusni Togo Afrika davlatlari nomidan ilgari surdi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri Rober Dusse ovoz berish arafasida dedi: "Adolatli dunyo adolatli xaritadan boshlanadi".
Gap XVI asrda yaratilgan Merkator proyeksiyasi haqida ketmoqda. U dengiz navigatsiyasi uchun qulay, ammo qutblarga yaqin hududlarni kattalashtirib, ekvator atrofidagi qit’alarni nisbatan kichik ko‘rsatadi. Masalan, unda Grenlandiya Afrika bilan deyarli bir xil ko‘rinadi, holbuki Afrika maydoni undan taxminan 14 barobar katta.
Equal Earth proyeksiyasi esa qit’alar maydonining o‘zaro nisbatini aniqroq saqlaydi. Rezolyutsiya majburiy emas va Merkator xaritasidan dengiz hamda havo navigatsiyasida foydalanishni taqiqlamaydi.
Togo yil oxirigacha maktab geografiya darsliklaridagi xaritalarni yangilashni rejalashtirmoqda. Afrika Ittifoqi rahbari Mahmud Ali Yusuf esa Afrika "haqiqiy o‘lchami va dunyodagi munosib o‘rni bilan" aks ettirilishi kerakligini ta’kidladi.