Samarqandda YuNESKO tadbiri doirasida marafon o‘tkazildi

© Xokimiyat Samarkandskoy oblastiV Samarkande proshel "Samarkand Marathon-2025"
V Samarkande proshel Samarkand Marathon-2025 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2025
Obuna bo‘lish
Marafon Samarqandda, tarixiy Registon maydonida start oldi. YuNESKO Bosh konferensiyasi doirasida o‘tkazilayotgan bellashuvlarda ishtirokchilar turli masofalarda kuch sinashdi
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida “Samarkand Marathon-2025” xalqaro xayriya marafonining asosiy bellashuvlari o‘tkazildi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi ma’lum qildi.
Marafondagi ishtirokchilar 5; 10; 21,1 va 42,2 kilometr masofalarda o‘zaro kuch sinashdi.
Bellashuv g‘oliblari:
5 km:
Erkaklar: Alisher Ahmatullayev (O‘zbekiston);
Ayollar: Darya Andropova (O‘zbekiston);
10 km:
Erkaklar: Yuta Shitara (Yaponiya);
Ayollar: Anastasiya Slichenkova (Rossiya);
21,1 km:
Erkaklar: Rinas Ahmadeyev (Rossiya);
Ayollar: Sofya Kameneva (Rossiya);
42,2 km:
Erkaklar: Shohruh Davlatov (O‘zbekiston, Surxondaryo);
Ayollar: Jasinta Chepkoyech (Keniya).
Marafon doirasida turli yosh toifalari va imkoniyati cheklangan fuqarolar o‘rtasida ham g‘oliblar aniqlandi. Ularga pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Uzbekistan zavoyeval 5 medaley na Igrax islamskoy solidarnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2025
Riyod 2025: O‘zbekiston Islom birdamligi o‘yinlarida 5 ta medal qo‘lga kiritdi
Yangiliklar lentasi
0