Toshkentda Markaziy Osiyodagi ilk zamonaviy san’at markazi ochildi

© Telegram kanal S.MirziyoyevoyV Tashkente otkrilsya Sentr sovremennogo iskusstva (CCA Tashkent)
V Tashkente otkrilsya Sentr sovremennogo iskusstva (CCA Tashkent) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2026
Obuna bo‘lish
Toshkentda 1912-yilgi sobiq dizel elektr stansiyasi binosida CCA Tashkent Zamonaviy san’at markazi ochildi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Toshkentda CCA Tashkent Zamonaviy san’at markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
Yangi madaniy markaz 1912-yilda qurilgan sobiq dizel elektr stansiyasi va tramvay deposi binosida joylashgan. Tarixiy inshootni rekonstruksiya qilish loyihasi Studio KO arxitektura burosi tomonidan amalga oshirildi.
Markazda ko‘rgazma zallari, san’at va vizual madaniyatga ixtisoslashgan kutubxona, konsept-stor, ta’lim maydonlari, shuningdek, uchrashuv va tadqiqotlar uchun jamoat hududlari tashkil etilgan.
CCA Tashkent O‘zbekistondagi birinchi doimiy zamonaviy san’at markazi bo‘lib, Markaziy Osiyoda ham shu formatdagi ilk madaniy institutsiya sifatida taqdim etilmoqda.
Bu yerda ko‘rgazmalardan tashqari ma’ruzalar, ochiq muloqotlar, film namoyishlari, konsertlar va performanslar o‘tkazib boriladi. Dastur tasviriy san’at, kino, dizayn, adabiyot va musiqani qamrab oladi.
Markaz o‘z faoliyatini bosh kurator Sara Raza tayyorlagan HIKMAH xalqaro guruh ko‘rgazmasi bilan boshladi. Unda turli mamlakatlar ijodkorlarining asarlari taqdim etilgan. Ko‘rgazma 2027-yil 31-yanvargacha davom etadi, unga kirish bepul.
Saida Mirziyoyeva posetila vistavku Vacheslava Axunova v Venetsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2026
Saida Mirziyoyeva Venetsiyada Vacheslav Axunov ko‘rgazmasida bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0