https://oz.sputniknews.uz/20260510/mirziyoeva-venezia-axunov-korgazma-57482778.html
Saida Mirziyoyeva Venetsiyada Vacheslav Axunov ko‘rgazmasida bo‘ldi
Saida Mirziyoyeva Venetsiyada Vacheslav Axunov ko‘rgazmasida bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Saida Mirziyoyeva 61-Venetsiya biyennalesi doirasida Palazzo Franchettida tashkil etilgan Vacheslav Axunovning “Aql vositalari” ko‘rgazmasi bilan tanishdi.
2026-05-10T14:05+0500
2026-05-10T14:05+0500
2026-05-10T14:09+0500
ko‘rgazma
toshkent
san’at
saida mirziyoyeva
italiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0a/57482932_0:298:1024:874_1920x0_80_0_0_a91f35dc0d70a95e3e6ba2406be64e7e.jpg
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Saida Mirziyoyeva 61-Venetsiya biyennalesi doirasida taqdim etilgan taniqli o‘zbekistonlik rassom Vacheslav Axunovning “Aql vositalari” ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.Ko‘rgazma Venetsiyadagi Palazzo Franchetti saroyida tashkil etilgan. Loyiha rassomning deyarli yarim asrlik ijodiy faoliyatini qamrab oladi va 1970-yillarda yaratilgan, ammo ilgari keng namoyish etilmagan asarlarni ham o‘z ichiga oladi.Loyiha kuratori — CCA Tashkent bosh kuratori va badiiy direktori Sara Raza. Markaz ma’lumotida ko‘rgazma Axunov ijodini xotira, takror va ma’naviy izlanish mavzulari orqali yoritishi, shu bilan birga Markaziy Osiyoning zamonaviy san’at tarixiga qo‘shgan hissasini ko‘rsatishi ta’kidlangan.Vacheslav Axunov Markaziy Osiyo konseptual san’atining asosiy namoyandalaridan biri hisoblanadi. U Toshkentda yashab ijod qiladi va bir necha o‘n yillar davomida xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etib kelgan. Ko‘rgazma doirasida rassom o‘z shaxsiy kutubxonasini CCA Tashkentga topshirishi rejalashtirilgan.61-Venetsiya biyennalesi bu yil “In Minor Keys” — “Minor ohanglarda” mavzusi ostida o‘tkazilmoqda. Xalqaro san’at ko‘rgazmasi 2026-yil 9-maydan 22-noyabrgacha Venetsiyadagi Giardini, Arsenale va shaharning boshqa hududlarida davom etadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260423/tgtu-talabalari-namoyishi-dizayn-texnologiya-va-ananalar-uygunligi-57093683.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0a/57482932_0:306:1024:1074_1920x0_80_0_0_46831323bcee4785da0a782aef032c09.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ko‘rgazma, toshkent, san’at, saida mirziyoyeva, italiya
ko‘rgazma, toshkent, san’at, saida mirziyoyeva, italiya
Saida Mirziyoyeva Venetsiyada Vacheslav Axunov ko‘rgazmasida bo‘ldi
14:05 10.05.2026 (yangilandi: 14:09 10.05.2026) Saida Mirziyoyeva Venetsiya biyennalesi doirasida Vacheslav Axunovning yarim asrlik ijodini qamrab olgan ko‘rgazmasi bilan tanishdi.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Saida Mirziyoyeva 61-Venetsiya biyennalesi doirasida taqdim etilgan taniqli o‘zbekistonlik rassom Vacheslav Axunovning “Aql vositalari” ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
Ko‘rgazma Venetsiyadagi Palazzo Franchetti saroyida tashkil etilgan. Loyiha rassomning deyarli yarim asrlik ijodiy faoliyatini qamrab oladi va 1970-yillarda yaratilgan, ammo ilgari keng namoyish etilmagan asarlarni ham o‘z ichiga oladi.
Toshkent zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent ma’lumotiga ko‘ra, “Instruments of the Mind” 61-Venetsiya biyennalesining rasmiy parallel loyihasi sifatida taqdim etilmoqda. Ekspozitsiyadan rassomning rangtasvir, grafika, video va installyatsiya janridagi ishlari o‘rin olgan.
Loyiha kuratori — CCA Tashkent bosh kuratori va badiiy direktori Sara Raza. Markaz ma’lumotida ko‘rgazma Axunov ijodini xotira, takror va ma’naviy izlanish mavzulari orqali yoritishi, shu bilan birga Markaziy Osiyoning zamonaviy san’at tarixiga qo‘shgan hissasini ko‘rsatishi ta’kidlangan.
Vacheslav Axunov Markaziy Osiyo konseptual san’atining asosiy namoyandalaridan biri hisoblanadi. U Toshkentda yashab ijod qiladi va bir necha o‘n yillar davomida xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etib kelgan. Ko‘rgazma doirasida rassom o‘z shaxsiy kutubxonasini CCA Tashkentga topshirishi rejalashtirilgan.
“Bu O‘zbekistonning badiiy salohiyati xalqaro auditoriya bilan zamonaviy san’at tilida muloqot qilayotganining va ko‘plab qalblarda aks sado berayotganining yana bir yorqin namunasidir”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
61-Venetsiya biyennalesi bu yil “In Minor Keys” — “Minor ohanglarda” mavzusi ostida o‘tkazilmoqda. Xalqaro san’at ko‘rgazmasi 2026-yil 9-maydan 22-noyabrgacha Venetsiyadagi Giardini, Arsenale va shaharning boshqa hududlarida davom etadi.