58 davlatdan 250 delegat: Samarqandda yosh parlamentariylar global konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

© Senat Oliy majlisaV Samarkande sostoyalas XII Globalnaya konferensiya molodix parlamentariyev
V Samarkande sostoyalas XII Globalnaya konferensiya molodix parlamentariyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2026
Obuna bo‘lish
Samarqandda Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi yakunlandi. Unda 58 davlatdan qariyb 250 kishi ishtirok etdi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Samarqandda Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi yakunlandi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matubot xizmati xabar berdi.
Anjumanda 58 davlat va 11 xalqaro tashkilotdan qariyb 250 nafar yosh parlamentariy va ekspert ishtirok etdi. Konferensiya Senat va Parlamentlararo ittifoq hamkorligida "Murakkab davrda inson huquqlari, adolat va inson qadr-qimmatini tiklash yo‘lida" mavzusida o‘tkazildi.
Ikki kunlik muhokamalarda mojarolar sharoitida yoshlar huquqlarini himoya qilish, raqamli texnologiyalarni inson huquqlariga asoslangan holda boshqarish, onlayn xavfsizlik, shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi va dezinformatsiyaga qarshi kurash masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, iqlim o‘zgarishi, yoshlar bandligi, munosib mehnat, iqtisodiy imkoniyatlar va siyosiy zo‘ravonlikka qarshi choralar muhokama qilindi. Alohida sessiya Barqaror rivojlanish maqsadlarining 8-maqsadi — munosib mehnat va iqtisodiy o‘sishga bag‘ishlandi.
Konferensiya yakunida qabul qilingan hujjatda inson huquqlari xavfsiz va munosib hayotning asosi ekani qayd etildi. Yosh parlamentariylar parlamentlarni inson huquqlarini himoya qilish va yoshlarning siyosiy hamda iqtisodiy ishtirokini kengaytirishga chaqirdi.
Parlamentlararo ittifoq ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 30 yoshgacha bo‘lgan deputatlar ulushi atigi 2,8 foizni tashkil etadi.
Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2026
Senat raisi Sankt-Peterburgda MDH PA yig‘ilishida ishtirok etdi
Yangiliklar lentasi
0