Senat raisi Sankt-Peterburgda MDH PA yig‘ilishida ishtirok etdi

© Press-slujba Senata UzbekistanaTanzila Narbayeva
Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2026
Obuna bo‘lish
Assambleyaning 2025-yildagi faoliyati natijalari, 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan namunaviy qonunlar bo‘yicha istiqbolli reja loyihasi haqida ma’lumot berildi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasi (MDH PA) kengashi majlisida ishtirok etdi.
© Press-slujba Senata UzbekistanaZasedanie Soveta MPA SNG
Zasedanie Soveta MPA SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2026
Zasedanie Soveta MPA SNG
O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari demokratik islohotlarni amalga oshirish, inson qadrini ulug‘lash hamda ochiq parlament tamoyillarini ilgari surish borasidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashildi.
Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi. MDH davlatlarida xalqlar jasorati va urush qurbonlari xotirasini asrab-avaylash tizimli gumanitar hamda vatanparvarlik ishlarining muhim qismi ekani ta’kidlandi.
Assambleyaning 2025-yildagi faoliyati natijalari, G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan dasturlar ijrosi hamda 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan namunaviy qonunlar bo‘yicha istiqbolli reja loyihasi haqida ma’lumot berildi.
Insonparvarlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ham e’tibor markazida bo‘ldi.
Xususan, “Ilm-fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” MDH PA faxriy nishonini ta’sis etish masalasi ko‘rib chiqildi. Mazkur mukofot ilmiy izlanishlarda yuqori natijalarga erishgan yosh olimlar va mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, “Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun” faxriy nishoni hamda “MDH PA — 35-yil” yubiley nishoni tasdiqlandi. Shu bilan birga, rus tilini rivojlantirish va ommalashtirishga munosib hissa qo‘shganlarni rag‘batlantirish maqsadida Lyudmila Verbiskaya nomidagi MDH PA mukofoti ta’sis etildi.
2026 yilgi Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro mukofotni Belarus xalq yozuvchisi Nikolay Cherginesga topshirish taklifi ham ko‘rib chiqildi.
Tadbir yakunida MDH PA doimiy komissiyalari rahbarlari tasdiqlandi. Shuningdek, Assambleyaning kuzgi sessiyasini Ashxobod shahrida o‘tkazishga kelishib olindi.
Majlisda Ozarbayjon Milliy Mejlisi raisi Sahiba G‘afarova, Belarus Milliy majlisi Respublika Kengashi raisi Natalya Kochanova, Qozog‘iston parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayev, Qirg‘iziston Jogorku Keneshi raisi Marlen Mamataliyev, Tojikiston Majlisi Oli Namoyandagon majlisi raisi Fayzali Idizoda hamda Turkmaniston Majlisi raisi Dunyagozel Gulmanova ham ishtirok etdi.
Rabochiy vizit premyer-ministra Mixaila Mishustina v Turkmenistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2026
MDH xalqaro maydonda maqomini mustahkamlamoqda – Mishustin
Yangiliklar lentasi
0