Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya qo‘shinlari DXRda Kurtovka qishlog‘ini ozod qildi

© RIA NovostiRossiyskiy voyennoslujashiy v zone SVO.
Rossiyskiy voyennoslujashiy v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2026
Obuna bo‘lish
O‘tgan sutka davomida Ukraina Qurolli kuchlari 1400ga yaqin askarini yo‘qotdi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari "Janub" guruhi DXRdagi Kurtovka qishlog‘ini ozod qilishdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.

Shuningde, "Janub" kuchlar guruhi so‘nggi 24 soat ichida Kramatorsk, Slavansk, Drujkovka va Verolyubovka (DXR) hududlarida UQKning beshta mexanizatsiyalashgan brigadasi, aeromobil brigadasi, tog‘ hujum brigadasi, hujum polki va ikkita hududiy mudofaa brigadasidan iborat tuzilmalarni mag‘lub etdi.
© Sputnik"Janub" kuchlar guruhi DXRda Kurtovka qishlog‘ini ozod qildi
Osvobojdenie Kurtovki v DNR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2026
"Janub" kuchlar guruhi DXRda Kurtovka qishlog‘ini ozod qildi
Bu sektorda dushman 205 dan ortiq harbiy xizmatchisini, ikkita zirhli jangovar mashinasini, 16 ta transport vositasini va ikkita dala artilleriyasini, jumladan, Amerikaning 155 mmli Paladin o‘ziyurar to‘pini yo‘qotdi.
"Shimol" kuchlar guruhi Sumi viloyatidagi Ulanovo, Xotin va Kiyanitsa hamda Xarkov viloyatidagi Xotomlya, Kotovka, Polnaya, Goptovka va Prikolotne yaqinida o‘z taktik pozitsiyasini yaxshiladi. Ushbu hududlarda dushman 205 tagacha harbiy xizmatchisini, ikkita zirhli jangovar mashinasini, 12 ta transport vositasini, bitta artilleriya moslamasini, yer-havo raketa tizimini, ikkita elektron kurash stansiyasini va Isroilda ishlab chiqarilgan RADA RPS-42 artilleriyaga qarshi radarini yo‘qotdi.
"G‘arb" kuchlar guruhi DXRdagi Krimki, Sidorov, Bogorodichnoe, Prishib va Xarkov viloyatidagi Chervoniy Oskol hududlarida o‘z taktik pozitsiyalarini yaxshiladi. Bu yerda dushman 210 dan ortiq harbiy xizmatchisini, zirhli jangovar mashinasini, 16 ta transport vositasini, artilleriya qurilmasini va elektron kurash stansiyasini yo‘qotdi.
"Markaz" kuchlar guruhi DXRdagi Novovodanoe, Andreyevka, Novogrishino va Dobropole aholi punktlarida o‘z pozitsiyalarini yaxshiladi. Ushbu hududda dshman yo‘qotishlari 425 dan ortiq harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, 9ta harbiy avtomobil va AQShda ishlab chiqarilgan M777 gaubitsasini yo‘qotdi.
"Sharq" kuchlar guruhi Zaporojye viloyatidagi Moskva, Berestovoe, Barvinovka, Omelnik, Obshchee, Nikolskoe va Dnepropetrovsk viloyatidagi Dibrova aholi punktlariga hujumlarni davom ettirdi. Ukraina Qurolli Kuchlarining ikkita hujum polki va dengiz piyodalari brigadasi va texnikasini yo‘q qilindi. Ushbu hududda Ukraina yo‘qotishlari 310 dan ortiq harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, 10ta harbiy avtomobil va bitta elektron kurash stansiyasini tashkil qildi.
"Dnepr" kuchlar guruhi Zaporojye viloyatidagi Preobrajenka, Yurkovka, Orexov va Xerson viloyatidagi Urojaynoe qishloqlari yaqinida UQKning ikkita mexanizatsiyalashgan brigadasi, tog‘ hujum brigadasi va uchuvchisiz tizimlar brigadasining shaxsiy tarkibi va texnikasini tor-mor keltirdi. U yerda 35 tagacha UQK jangarilari yo‘q qilindi, 21 ta mashina va ikkita elektron kurash stansiyasi yo‘q qilindi.
So‘nggi 24 soat ichida Rossiya havo mudofaasi kuchlari yettita boshqariladigan bomba, AQShning HIMARS raketa tizimi snaradi va 763 ta uzoq masofali qo‘zg‘almas qanotli dronlarni urib tushirdi.
Rabota raketnogo kompleksa Iskander po selyam VSU - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina logistika markazlariga zarba berdi
Yangiliklar lentasi
0