https://oz.sputniknews.uz/20260904/toshkent-brt-yolagi-60197928.html
Toshkentda Shahrisabz ko‘chasining 1,2 km qismida BRT yo‘lagi ochildi
Toshkentda Shahrisabz ko‘chasining 1,2 km qismida BRT yo‘lagi ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Yo‘lak Mirobod ko‘chasi (“Grand Mir” mehmonxonasi oldidagi aylanma) va Amir Temur shohko‘chasi (San’at muzeyi) oralig‘ida tashkil etilgan. 04.09.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-09-04T10:52+0500
2026-09-04T10:52+0500
2026-09-04T10:52+0500
jamiyat
toshkent
yo‘l
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/04/60197201_156:0:1642:836_1920x0_80_0_0_03df427cb6bcae9ba90d1bb6a99111da.png
TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Toshkentda Shahrisabz ko‘chasida avtobuslar uchun ajratilgan yo‘lakning (BRT) birinchi bosqichi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTEM) xabar berdi.Birinchi bosqich Shahrisabz, Mirobod va Shota Rustaveli ko‘chalari tutashgan aylanma chorrahadan Amir Temur shohko‘chasi bilan kesishmagacha bo‘lgan 1,2 kilometrlik uchastkani qamrab oldi.Ta’kidlanishicha, BRT infratuzilmasi doirasida 6 ta yangi avtobus bekati tashkil etilib, jamoat transporti uchun alohida harakat yo‘lagi shakllantirilgan. Yo‘lak umumiy transport oqimidan bordurlar orqali jismonan ajratilgan. Bu avtobuslarning tirbandlikka kamroq bog‘liq holda harakatlanishi va qatnov oralig‘ining barqarorligini ta’minlashga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.1,2 kilometrlik ushbu uchastka Shahrisabz ko‘chasida BRT infratuzilmasini shakllantirishning birinchi bosqichi hisoblanadi. Umumiy loyiha doirasida Shahrisabz ko‘chasining qariyb 3 kilometrlik qismida BRT yo‘lagini tashkil etish ko‘zda tutilgan.Mart oyida Toshkent shahridagi to‘rtta ko‘chada 2026-yilda avtobuslar uchun BRT yo‘laklari qurilishi rejalashtirilayotgani ma’lum bo‘lgandi. Dastlabki bosqichda umumiy uzunligi 16,2 kilometr bo‘lgan BRT yo‘nalishlari Shahrisabz, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek va Yangi Sergeli ko‘chalarida tashkil etilishi belgilangan.
https://oz.sputniknews.uz/20260724/toshkent-59233425.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/04/60197201_342:0:1457:836_1920x0_80_0_0_f4dea50b04a5fded26227cabdb93a0ca.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, toshkent, yo‘l
Toshkentda Shahrisabz ko‘chasining 1,2 km qismida BRT yo‘lagi ochildi
Yo‘lak Mirobod ko‘chasi (“Grand Mir” mehmonxonasi oldidagi aylanma) va Amir Temur shohko‘chasi (San’at muzeyi) oralig‘ida tashkil etilgan.
TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Toshkentda Shahrisabz ko‘chasida avtobuslar uchun ajratilgan yo‘lakning (BRT) birinchi bosqichi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTEM)
xabar berdi. Birinchi bosqich Shahrisabz, Mirobod va Shota Rustaveli ko‘chalari tutashgan aylanma chorrahadan Amir Temur shohko‘chasi bilan kesishmagacha bo‘lgan 1,2 kilometrlik uchastkani qamrab oldi.
Ta’kidlanishicha, BRT infratuzilmasi doirasida 6 ta yangi avtobus bekati tashkil etilib, jamoat transporti uchun alohida harakat yo‘lagi shakllantirilgan. Yo‘lak umumiy transport oqimidan bordurlar orqali jismonan ajratilgan. Bu avtobuslarning tirbandlikka kamroq bog‘liq holda harakatlanishi va qatnov oralig‘ining barqarorligini ta’minlashga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
1,2 kilometrlik ushbu uchastka Shahrisabz ko‘chasida BRT infratuzilmasini shakllantirishning birinchi bosqichi hisoblanadi. Umumiy loyiha doirasida Shahrisabz ko‘chasining qariyb 3 kilometrlik qismida BRT yo‘lagini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Mart oyida Toshkent shahridagi to‘rtta ko‘chada 2026-yilda avtobuslar uchun BRT yo‘laklari qurilishi rejalashtirilayotgani ma’lum bo‘lgandi. Dastlabki bosqichda umumiy uzunligi 16,2 kilometr bo‘lgan BRT yo‘nalishlari Shahrisabz, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek va Yangi Sergeli ko‘chalarida tashkil etilishi belgilangan.