https://oz.sputniknews.uz/20260903/russia-ish-hujjat-uzbekistan-rasmiylashtirish-60162553.html
Rossiyada ishlash uchun ayrim hujjatlarni O‘zbekistonda rasmiylashtirish taklif qilindi
Rossiyada ishlash uchun ayrim hujjatlarni O‘zbekistonda rasmiylashtirish taklif qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Migratsiya agentligi ayrim hujjatlarni O‘zbekistonda rasmiylashtirish, ularni safardan oldin tekshirish hamda Rossiyada mehnat patentini olishda takroriy talablarni qisqartirishni taklif qildi.
2026-09-03T10:46+0500
2026-09-03T10:46+0500
2026-09-03T10:46+0500
migratsiya
migratsiya agentligi
behzod musayev
migrantlar
rossiya
patent
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/19/15479212_0:160:3076:1890_1920x0_80_0_0_6915111c39441b23f9563e23adcf9893.jpg
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Migratsiya agentligi O‘zbekiston fuqarolariga Rossiyada ishlash uchun zarur hujjatlarning bir qismini O‘zbekistonda rasmiylashtirish imkonini yaratishni taklif qildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati RIA Novostiga ma’lum qildi.Tashabbus agentlik direktori Behzod Musayevning Rossiya idoralari vakillari bilan Moskvada o‘tkazgan muzokaralarida bildirildi.Agentlik, shuningdek, fuqaro jo‘nab ketishidan oldin uning Rossiyaga kirishiga cheklov bor-yo‘qligini aniqlash va zarur hujjatlarni dastlabki tekshiruvdan o‘tkazish imkonini yaratishni so‘ramoqda.Buning uchun Rossiya IIV "Pasport-viza xizmati"ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakolatlarini kengaytirish taklif etildi. Bu fuqarolarga Rossiyaga ketishdan oldin ayrim migratsiya masalalarini hal qilish imkonini berishi mumkin.Tomonlar Rossiyaning o‘zida migratsiya hujjatlarini rasmiylashtirishni soddalashtirish masalasini ham muhokama qildi. Agentlikka ko‘ra, bu choralar O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyadagi migratsiya markazlariga tashriflari sonini kamaytirishi mumkin.Markaziy bankning 2026-yil birinchi yarim yilligiga oid sharhida keltirilgan Migratsiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada 834,2 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat qilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260902/russia-qurilish-mehnat-migrantlar-60141396.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/19/15479212_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_5a69815ea3a9fb3d80b650c26f36d345.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, migratsiya agentligi, behzod musayev, migrantlar, rossiya, patent, o‘zbekiston
migratsiya, migratsiya agentligi, behzod musayev, migrantlar, rossiya, patent, o‘zbekiston
Rossiyada ishlash uchun ayrim hujjatlarni O‘zbekistonda rasmiylashtirish taklif qilindi
Mehnat patentini olishda avval taqdim etilgan hujjatlarni qayta so‘ramaslik va ayrim jarayonlarni raqamlashtirish ham taklif etildi.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Migratsiya agentligi O‘zbekiston fuqarolariga Rossiyada ishlash uchun zarur hujjatlarning bir qismini O‘zbekistonda rasmiylashtirish imkonini yaratishni taklif qildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati
RIA Novostiga ma’lum qildi.
Tashabbus agentlik direktori Behzod Musayevning Rossiya idoralari vakillari bilan Moskvada o‘tkazgan muzokaralarida bildirildi.
Agentlik, shuningdek, fuqaro jo‘nab ketishidan oldin uning Rossiyaga kirishiga cheklov bor-yo‘qligini aniqlash va zarur hujjatlarni dastlabki tekshiruvdan o‘tkazish imkonini yaratishni so‘ramoqda.
Buning uchun Rossiya IIV "Pasport-viza xizmati"ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakolatlarini kengaytirish taklif etildi. Bu fuqarolarga Rossiyaga ketishdan oldin ayrim migratsiya masalalarini hal qilish imkonini berishi mumkin.
Tomonlar Rossiyaning o‘zida migratsiya hujjatlarini rasmiylashtirishni soddalashtirish masalasini ham muhokama qildi.
Jumladan, mehnat patentini rasmiylashtirish yoki qayta rasmiylashtirishda avval taqdim etilgan hujjatlarni takroran talab qilmaslik hamda ayrim tartib-taomillarni raqamli formatga o‘tkazish taklif qilindi.
Agentlikka ko‘ra, bu choralar O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyadagi migratsiya markazlariga tashriflari sonini kamaytirishi mumkin.
Markaziy bankning 2026-yil birinchi yarim yilligiga oid sharhida keltirilgan Migratsiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada 834,2 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat qilmoqda.