https://oz.sputniknews.uz/20260903/uzbekistan-hong-kong-bitimlar-60152618.html
O‘zbekiston va Gonkong investitsiya va moliya sohalarida bitimlar tayyorlamoqda
O‘zbekiston va Gonkong investitsiya va moliya sohalarida bitimlar tayyorlamoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Gonkong investitsiya va moliya sohalarida qator bitimlar tayyorlamoqda. Gonkong tajribasi va kompaniyalari Toshkent xalqaro moliya markaziga jalb etilishi mumkin.
2026-09-03T09:15+0500
2026-09-03T09:15+0500
2026-09-03T09:15+0500
xitoy
gonkong
iqtisod
investitsiya
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
savdo-sanoat palatasi
adliya vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/02/60150895_0:103:1980:1217_1920x0_80_0_0_c3478625c0d331b2c75d1565d4e87f76.jpg
TOShKENT, 3 sen — Sputnik.O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov Gonkong maxsus ma’muriy hududi adliya kotibi Pol Lam boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.Muzokaralarda Investitsiyalarni rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi bitim hamda investitsiya va moliya sohalaridagi boshqa qator hujjatlarni tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.Asosiy e’tibor Toshkent xalqaro moliya markazining rolini oshirishga qaratildi. Xususan, xalqaro moliyaviy infratuzilmani shakllantirishda Gonkong tajribasi va ekspertlaridan foydalanish, shuningdek, uning yetakchi moliya, investitsiya va yuridik kompaniyalarini jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.Gonkong hukumati ma’lumotiga ko‘ra, delegatsiya O‘zbekiston tomoniga investitsiyalar, transchegaraviy savdo, tijorat nizolarini hal qilish va umumiy huquq tizimi bo‘yicha o‘z tajribasini taqdim etgan. Shuningdek, Gonkong Toshkent xalqaro moliya markazini rivojlantirishga qanday ko‘maklashishi mumkinligi muhokama qilingan.Delegatsiya Toshkent davlat yuridik universiteti va Islom sivilizatsiyasi markazida ham bo‘ldi.Tashrif doirasida O‘zbekiston Adliya vazirligi va Gonkong Adliya departamenti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat nizolarni hal qilishga oid huquqiy asoslar bo‘yicha tajriba almashish va yuridik sohada sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260507/uzbek-biznes-china-jahon-bozor-chiqish-taklif-57383715.html
xitoy
gonkong
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/02/60150895_111:0:1871:1320_1920x0_80_0_0_45dba0b648ee63727044ea73f5182c51.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xitoy, gonkong, iqtisod, investitsiya, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, savdo-sanoat palatasi, adliya vazirligi
xitoy, gonkong, iqtisod, investitsiya, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, savdo-sanoat palatasi, adliya vazirligi
O‘zbekiston va Gonkong investitsiya va moliya sohalarida bitimlar tayyorlamoqda
Tayyorlanayotgan hujjatlar sarmoyadorlar uchun qo‘shimcha kafolatlar yaratishi, biznes sharoitini yaxshilashi va o‘zaro investitsiyalarni oshirishi kutilmoqda
TOShKENT, 3 sen — Sputnik.O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov Gonkong maxsus ma’muriy hududi adliya kotibi Pol Lam boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati
xabar berdi.
Muzokaralarda Investitsiyalarni rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi bitim hamda investitsiya va moliya sohalaridagi boshqa qator hujjatlarni tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, moliya va huquq sohalaridagi aloqalarni rivojlantirish imkoniyatlarini ham muhokama qildi.
Asosiy e’tibor Toshkent xalqaro moliya markazining rolini oshirishga qaratildi. Xususan, xalqaro moliyaviy infratuzilmani shakllantirishda Gonkong tajribasi va ekspertlaridan foydalanish, shuningdek, uning yetakchi moliya, investitsiya va yuridik kompaniyalarini jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Gonkong hukumati
ma’lumotiga ko‘ra, delegatsiya O‘zbekiston tomoniga investitsiyalar, transchegaraviy savdo, tijorat nizolarini hal qilish va umumiy huquq tizimi bo‘yicha o‘z tajribasini taqdim etgan. Shuningdek, Gonkong Toshkent xalqaro moliya markazini rivojlantirishga qanday ko‘maklashishi mumkinligi muhokama qilingan.
Pol Lam Toshkentda qator uchrashuvlar o‘tkazdi. U O‘zbekiston adliya vaziri Akbar Toshqulov, iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Umid Abidxo‘jayev, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov, Savdo-sanoat palatasi va Advokatlar palatasi rahbariyati, Toshkent xalqaro arbitraj markazi hamda yuridik soha vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Delegatsiya Toshkent davlat yuridik universiteti va Islom sivilizatsiyasi markazida ham bo‘ldi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston Adliya vazirligi va Gonkong Adliya departamenti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat nizolarni hal qilishga oid huquqiy asoslar bo‘yicha tajriba almashish va yuridik sohada sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutadi.