https://oz.sputniknews.uz/20260507/uzbek-biznes-china-jahon-bozor-chiqish-taklif-57383715.html
O‘zbek biznesiga Gonkong orqali Xitoy va jahon bozorlariga chiqish taklif etildi
O‘zbek biznesiga Gonkong orqali Xitoy va jahon bozorlariga chiqish taklif etildi
Sputnik O‘zbekiston
Gonkongda O‘zbekiston-Xitoy iqtisodiy forumi va ilk “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Jon Li o‘zbek kompaniyalarini hududda ofis ochib, birja va professional xizmatlar orqali Xitoy hamda jahon bozorlariga chiqishga chaqirdi.
2026-05-07T12:39+0500
2026-05-07T12:39+0500
2026-05-07T12:39+0500
o‘zbekiston
investitsiya
abdulla aripov
savdo
xitoy
gonkong
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/07/57383144_2:0:1218:684_1920x0_80_0_0_af7f03f6e0830f5f960e09da4b8c4e9e.jpg
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Gonkong o‘zbek kompaniyalarini hududda mintaqaviy ofislar ochish, birjaga chiqish va professional xizmatlardan foydalangan holda Xitoy hamda jahon bozorlariga kirishga chaqirdi.Bu haqda Gonkong ma’muriyati rahbari Jon Li O‘zbekiston-Xitoy (Gonkong) iqtisodiy forumida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi. Tadbirda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etdi.Gonkong hukumati ma’lumotiga ko‘ra, Aripov hududga O‘zbekistondan 200 nafarga yaqin hukumat va biznes vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qilib kelgan.Jon Li o‘zbek kompaniyalariga murojaat qilib, agar ular Xitoy bozoriga kirishni rejalashtirsa, Gonkong bu yo‘lda “ideal hamkor” bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Gonkong xalqaro biznes tilida ishlaydi, kapital jalb qilish, huquqiy, buxgalteriya va arbitraj xizmatlari bo‘yicha kompaniyalarga yordam bera oladi.Shuningdek, Gonkong hukumati xabarida Jon Li va Abdulla Aripov ikki tomonlama hujjatlar almashinuvi marosimida ishtirok etgani aytilgan."South China Morning Post" ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida infratuzilma, sog‘liqni saqlash va metall ishlab chiqarish kabi sohalarni qamrab olgan 15 ta ikki tomonlama kelishuv imzolangan.Forum doirasida ilk bor “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Unda 9 ta tematik stend namoyish qilindi. Ular orasida oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, ipak mahsulotlari, konchilik, kimyo sanoati, farmatsevtika, hunarmandchilik, zargarlik va turizm yo‘nalishlari bor.Gonkongning savdo va iqtisodiy rivojlanish kotibi Aldjernon Yau ham o‘zbek kompaniyalarini Gonkongga kelib, investitsiya kiritish va hududning xalqaro platformasidan Xitoy bozori hamda jahondagi imkoniyatlarga chiqish uchun foydalanishga chaqirdi. Gonkong tomoni O‘zbekiston yoshlarini ta’lim olish va karyera qilish uchun hududga jalb etishga ham qiziqish bildirgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260402/kudratov-china-south-korea-turkiya-uchrashuv-56656100.html
o‘zbekiston
xitoy
gonkong
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/07/57383144_154:0:1066:684_1920x0_80_0_0_ee4ade17069caf12f40eb9f1fdae44e6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, investitsiya, abdulla aripov, savdo, xitoy, gonkong, iqtisod
o‘zbekiston, investitsiya, abdulla aripov, savdo, xitoy, gonkong, iqtisod
O‘zbek biznesiga Gonkong orqali Xitoy va jahon bozorlariga chiqish taklif etildi
Gonkongda O‘zbekiston-Xitoy iqtisodiy forumi o‘tkazildi.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Gonkong o‘zbek kompaniyalarini hududda mintaqaviy ofislar ochish, birjaga chiqish va professional xizmatlardan foydalangan holda Xitoy hamda jahon bozorlariga kirishga chaqirdi.
Bu haqda Gonkong ma’muriyati rahbari Jon Li O‘zbekiston-Xitoy (Gonkong) iqtisodiy forumida so‘zlagan nutqida
ma’lum qildi. Tadbirda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etdi.
Gonkong hukumati ma’lumotiga ko‘ra, Aripov hududga O‘zbekistondan 200 nafarga yaqin hukumat va biznes vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qilib kelgan.
Jon Li o‘zbek kompaniyalariga murojaat qilib, agar ular Xitoy bozoriga kirishni rejalashtirsa, Gonkong bu yo‘lda “ideal hamkor” bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Gonkong xalqaro biznes tilida ishlaydi, kapital jalb qilish, huquqiy, buxgalteriya va arbitraj xizmatlari bo‘yicha kompaniyalarga yordam bera oladi.
“Bu yerda mintaqaviy ofislaringizni oching, fond birjamizda listingdan o‘ting, jahon darajasidagi professional xizmatlarimizdan foydalaning va Xitoy hamda jahon bozorlariga chiqing”, — dedi Jon Li.
Shuningdek, Gonkong hukumati xabarida Jon Li va Abdulla Aripov ikki tomonlama hujjatlar almashinuvi marosimida ishtirok etgani aytilgan.
"South China Morning Post"
ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida infratuzilma, sog‘liqni saqlash va metall ishlab chiqarish kabi sohalarni qamrab olgan 15 ta ikki tomonlama kelishuv imzolangan.
Forum doirasida ilk bor “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Unda 9 ta tematik stend namoyish qilindi. Ular orasida oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, ipak mahsulotlari, konchilik, kimyo sanoati, farmatsevtika, hunarmandchilik, zargarlik va turizm yo‘nalishlari bor.
Gonkongning savdo va iqtisodiy rivojlanish kotibi Aldjernon Yau ham o‘zbek kompaniyalarini Gonkongga kelib, investitsiya kiritish va hududning xalqaro platformasidan Xitoy bozori hamda jahondagi imkoniyatlarga chiqish uchun foydalanishga
chaqirdi. Gonkong tomoni O‘zbekiston yoshlarini ta’lim olish va karyera qilish uchun hududga jalb etishga ham qiziqish bildirgan.