https://oz.sputniknews.uz/20260902/russia-qurilish-mehnat-migrantlar-60141396.html
Rossiya qurilishlarida mehnat migrantlari 5 foizga ko‘paydi — o‘zbekistonliklar yetakchi
Rossiya qurilishlarida mehnat migrantlari 5 foizga ko‘paydi — o‘zbekistonliklar yetakchi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya qurilishlarida xorijiy ishchilar soni bir yilda qariyb 20 ming nafarga oshdi. O‘zbekiston asosiy ishchi kuchi manbai bo‘lib qolmoqda, Hindiston esa birinchi beshlikka kirdi.
2026-09-02T12:04+0500
2026-09-02T12:04+0500
2026-09-02T12:04+0500
migratsiya
ria novosti
migrantlar
tojikiston
hindiston
qurilish
forum
sharqiy iqtisodiy forum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/02/60140876_0:114:3237:1935_1920x0_80_0_0_ea9e08482dde7e6e018e9d57248896d2.jpg
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Rossiya qurilishlarida ishlayotgan xorijliklar soni so‘nggi bir yilda qariyb 20 ming nafarga yoki taxminan 5 foizga oshdi. Bu haqda Quruvchilar milliy uyushmasi (NOSTROY) prezidenti Anton Glushkov Sharqiy iqtisodiy forum doirasida RIA Novostiga ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, qurilish sohasida xorijiy ishchi kuchining umumiy ulushi deyarli o‘zgarmagan. Biroq migrantlar soni so‘nggi o‘n yilda shakllangan o‘rtacha ko‘rsatkichlarga nisbatan ko‘paygan.Hindiston fuqarolari ham qurilish tarmog‘iga jalb qilinayotgan xorijliklar soni bo‘yicha birinchi beshlikka kirgan.Glushkov Pokiston, Bangladesh, Myanma va Vyetnamni Rossiya qurilish sohasi uchun yangi ishchi kuchi bozorlari sifatida qayd etdi.Shimoliy Koreya fuqarolari ham, asosan, Sibir va Uzoq Sharqdagi qurilishlarda ishlamoqda. Biroq rasmiy statistika mavjud emasligi sababli ularning aniq soni ma’lum qilinmagan.Ma’lumot uchun, Sharqiy iqtisodiy forum 1–4 sentabr kunlari Vladivostok shahrida o‘tkazilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260203/erxov-tiv-russia-migratsiya-kontseptsiya-55440003.html
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/02/60140876_254:0:2985:2048_1920x0_80_0_0_f213e1f2331a511b87c1de6e573abe87.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, ria novosti, migrantlar, tojikiston, hindiston, qurilish, forum, sharqiy iqtisodiy forum
migratsiya, ria novosti, migrantlar, tojikiston, hindiston, qurilish, forum, sharqiy iqtisodiy forum
Rossiya qurilishlarida mehnat migrantlari 5 foizga ko‘paydi — o‘zbekistonliklar yetakchi
Rossiya qurilish sohasi uchun ishchi kuchining asosiy manbalaridan biri O‘zbekiston bo‘lib qolmoqda.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Rossiya qurilishlarida ishlayotgan xorijliklar soni so‘nggi bir yilda qariyb 20 ming nafarga yoki taxminan 5 foizga oshdi. Bu haqda Quruvchilar milliy uyushmasi (NOSTROY) prezidenti Anton Glushkov Sharqiy iqtisodiy forum doirasida RIA Novostiga
ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qurilish sohasida xorijiy ishchi kuchining umumiy ulushi deyarli o‘zgarmagan. Biroq migrantlar soni so‘nggi o‘n yilda shakllangan o‘rtacha ko‘rsatkichlarga nisbatan ko‘paygan.
Rossiya qurilish sohasi uchun ishchi kuchining asosiy manbalaridan biri O‘zbekiston bo‘lib qolmoqda. Bu borada o‘zbekistonliklar birinchi, tojikistonliklar esa keyingi o‘rinda turadi.
Hindiston fuqarolari ham qurilish tarmog‘iga jalb qilinayotgan xorijliklar soni bo‘yicha birinchi beshlikka kirgan.
Glushkov Pokiston, Bangladesh, Myanma va Vyetnamni Rossiya qurilish sohasi uchun yangi ishchi kuchi bozorlari sifatida qayd etdi.
Shimoliy Koreya fuqarolari ham, asosan, Sibir va Uzoq Sharqdagi qurilishlarda ishlamoqda. Biroq rasmiy statistika mavjud emasligi sababli ularning aniq soni ma’lum qilinmagan.
NOSTROY rahbari shimoliy koreyalik ishchilar intizomliligi, yuqori mehnat qobiliyati va Rossiya qonunlariga rioya qilishi bilan ajralib turishini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Sharqiy iqtisodiy forum 1–4 sentabr kunlari Vladivostok shahrida o‘tkazilmoqda.