Mo‘g‘uliston YeOII bilan savdoda ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rmoqda
Mo‘g‘uliston YeOII bilan savdoda ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Mo‘g‘uliston bosh vaziri tariflar pasaytirilgani, bojxona tartib-taomillari soddalashtirilgani va savdo xarajatlari qisqarganini ta’kidladi. 03.09.2026, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 3 sen – Sputnik. Mo‘g‘ulistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan savdo kelishuvi ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi - tariflar pasaytirildi, bojxona tartib-taomillari soddalashtirildi va savdo xarajatlari qisqardi. Bu haqda Sharqiy iqtisodiy forum (ShIF) yalpi majlisida Mo‘g‘uliston hukumati rahbari Nyam-Osorin Uchral ma’lum qildi.U 2025-yilda hukumat bosh vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida Minskda mamlakatning YeOII bilan savdo bitimini imzolash ustida ishlaganini eslatib o‘tdi. Bu Mo‘g‘uliston mahsulotlarining 367 ta turini beshta a’zo davlatga tarif imtiyozlari bilan va boj to‘lamasdan eksport qilish imkoniyatini ochdi. Ulardan 200 tadan ortig‘ini jun, kashmir va charmdan tayyorlangan mahsulotlar tashkil etadi.Mo‘g‘uliston va YeOII o‘rtasidagi vaqtinchalik savdo bitimi 2026-yil 22-iyulda kuchga kirdi. 2026-yilning birinchi choragida YeOII va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi savdo hajmi qariyb uchdan birga oshgan.
Mo‘g‘uliston bosh vaziri tariflar pasaytirilgani, bojxona tartib-taomillari soddalashtirilgani va savdo xarajatlari qisqarganini ta’kidladi.
TOShKENT, 3 sen – Sputnik. Mo‘g‘ulistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan savdo kelishuvi ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi - tariflar pasaytirildi, bojxona tartib-taomillari soddalashtirildi va savdo xarajatlari qisqardi. Bu haqda Sharqiy iqtisodiy forum (ShIF) yalpi majlisida Mo‘g‘uliston hukumati rahbari Nyam-Osorin Uchral ma’lum qildi.
“Mo‘g‘ulistonning YeOII bilan vaqtinchalik savdo kelishuvi ijobiy o‘zgarishlar ko‘rinishida dastlabki natijalarni berdi: tariflar pasaytirildi, bojxona tartib-taomillari soddalashtirildi va moslashuvchan bo‘ldi, savdo xarajatlari qisqardi. Oziq-ovqat mahsulotlari, yengil sanoat va chorvachilik mahsulotlari, jun, teri va kashmir eksport imkoniyatlarini kengaytirish tendensiyasi kuzatilmoqda”, - dedi Mo‘g‘uliston bosh vaziri.
U 2025-yilda hukumat bosh vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida Minskda mamlakatning YeOII bilan savdo bitimini imzolash ustida ishlaganini eslatib o‘tdi. Bu Mo‘g‘uliston mahsulotlarining 367 ta turini beshta a’zo davlatga tarif imtiyozlari bilan va boj to‘lamasdan eksport qilish imkoniyatini ochdi. Ulardan 200 tadan ortig‘ini jun, kashmir va charmdan tayyorlangan mahsulotlar tashkil etadi.
Mo‘g‘uliston va YeOII o‘rtasidagi vaqtinchalik savdo bitimi 2026-yil 22-iyulda kuchga kirdi. 2026 yilning birinchi choragida YeOII va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi savdo hajmi qariyb uchdan birga oshgan.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.