YeOII–Mo‘g‘uliston savdosida bojxona imtiyozlari uchun yangi kodlar joriy etildi
YeOII–Mo‘g‘uliston savdosida bojxona imtiyozlari uchun yangi kodlar joriy etildi
Sputnik O‘zbekiston
YeOII va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi imtiyozli savdoda yangi bojxona kodlari joriy etiladi. Yangi tartib kuchga kirgunga qadar deklaratsiyalarda amaldagi kodlar saqlanadi.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi savdoda tarif imtiyozlarini bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatish uchun yangi kodlar tasdiqlandi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) xabar berdi.Mo‘g‘uliston yoki YeOII davlatlaridan kelib chiqqan tovarlarga tarif imtiyozi qo‘llanganini ko‘rsatish uchun deklaratsiyada yangi "ME" kodi ishlatiladi. Tovarning kelib chiqishini tasdiqlovchi EAM sertifikati haqidagi ma’lumotlar esa "06022" kodi orqali kiritiladi.Shu vaqtga qadar tadbirkorlar bojxona deklaratsiyalarida tarif imtiyozi uchun "TI", tovarning kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjat uchun esa "06999" kodidan foydalanishi kerak.Komissiya ma’lumotiga ko‘ra, yangi kodlar imtiyozli tashqi savdo operatsiyalarini alohida hisobga olishni osonlashtiradi va ularni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Ular qaror e’lon qilinganidan 30 kun o‘tib qo‘llaniladi.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi savdoda tarif imtiyozlarini bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatish uchun yangi kodlar tasdiqlandi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) xabar berdi.
Mo‘g‘uliston yoki YeOII davlatlaridan kelib chiqqan tovarlarga tarif imtiyozi qo‘llanganini ko‘rsatish uchun deklaratsiyada yangi "ME" kodi ishlatiladi. Tovarning kelib chiqishini tasdiqlovchi EAM sertifikati haqidagi ma’lumotlar esa "06022" kodi orqali kiritiladi.
Tegishli qaror YeIK hay’ati tomonidan 21-iyulda qabul qilingan. Biroq yangi kodlar qaror rasman e’lon qilinganidan 30 kalendar kun o‘tib kuchga kiradi.
Shu vaqtga qadar tadbirkorlar bojxona deklaratsiyalarida tarif imtiyozi uchun "TI", tovarning kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjat uchun esa "06999" kodidan foydalanishi kerak.
Komissiya ma’lumotiga ko‘ra, yangi kodlar imtiyozli tashqi savdo operatsiyalarini alohida hisobga olishni osonlashtiradi va ularni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, YeOII va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi vaqtinchalik savdo bitimi 22-iyuldan kuchga kirdi. Unga muvofiq, har ikki tomonning 367 tadan tovar pozitsiyasi bo‘yicha bojxona bojlari pasaytiriladi yoki bekor qilinadi.