Jizzax hunarmandchiligi: an’analar va qayta tiklanayotgan meros
Jizzax hunarmandchiligi: an’analar va qayta tiklanayotgan meros
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Jizzax viloyati hunarmandchilik merosiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazilmoqda. Unda kulolchilik, gilamdo‘zlik, milliy taqinchoq va liboslar, shuningdek, zamonaviy ustalar ijodi namoyish etilgan.
O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida Jizzax viloyatining boy hunarmandchilik merosiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. 2–8 sentabr kunlari davom etadigan loyiha “Hunarmand” uyushmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda. U milliy hunarlarni asrab-avaylash va keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga qaratilgan.Tadbir doirasida muzey fondida saqlanayotgan Jizzax viloyatiga oid amaliy san’at namunalari, jumladan, kulolchilik buyumlari namoyish etilmoqda. Ekspozitsiya orqali hududga xos shakllar, bezaklar va badiiy uslublar, shuningdek, hunarmandchilikning mahalliy turmush tarzi va madaniyat bilan bog‘liq jihatlari yoritilgan.Tashrif buyuruvchilar zamonaviy hunarmandlarning ijodiy ishlari bilan tanishish bilan birga, gilamdo‘zlik, kulolchilik, yog‘och qoshiq va o‘yinchoqlar yasash, milliy taqinchoqlar hamda liboslar tayyorlash bo‘yicha mahorat darslarida ham ishtirok etish imkoniyatiga ega.An’anaviy hunar bu yerda nafaqat tarixiy meros, balki ustozdan shogirdga o‘tib, bugungi kunda ham rivojlanib borayotgan tirik ijod jarayoni sifatida namoyon bo‘ladi.Mazkur loyiha muzeyni nafaqat tarixiy buyumlar saqlanadigan maskan, balki hunarmandlar, tadqiqotchilar, ijodkorlar va yoshlarni birlashtiruvchi ochiq madaniy maydon sifatida ham namoyon etadi. U Jizzax viloyatiga xos hunarmandchilik an’analarini keng targ‘ib qilish, ularni asrab-avaylash va zamonaviy ijodda davom ettirishga xizmat qiladi.
Muzeylar haftaligi doirasida Jizzax hunarmandchiligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazilmoqda. Unda an’anaviy hunar namunalari va zamonaviy ustalar ijodi namoyish etilmoqda.
O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida Jizzax viloyatining boy hunarmandchilik merosiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. 2–8 sentabr kunlari davom etadigan loyiha “Hunarmand” uyushmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda. U milliy hunarlarni asrab-avaylash va keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga qaratilgan.
Tadbir doirasida muzey fondida saqlanayotgan Jizzax viloyatiga oid amaliy san’at namunalari, jumladan, kulolchilik buyumlari namoyish etilmoqda. Ekspozitsiya orqali hududga xos shakllar, bezaklar va badiiy uslublar, shuningdek, hunarmandchilikning mahalliy turmush tarzi va madaniyat bilan bog‘liq jihatlari yoritilgan.
Tashrif buyuruvchilar zamonaviy hunarmandlarning ijodiy ishlari bilan tanishish bilan birga, gilamdo‘zlik, kulolchilik, yog‘och qoshiq va o‘yinchoqlar yasash, milliy taqinchoqlar hamda liboslar tayyorlash bo‘yicha mahorat darslarida ham ishtirok etish imkoniyatiga ega.
An’anaviy hunar bu yerda nafaqat tarixiy meros, balki ustozdan shogirdga o‘tib, bugungi kunda ham rivojlanib borayotgan tirik ijod jarayoni sifatida namoyon bo‘ladi.
“Tadbirning muhim maqsadlaridan biri — yoshlarni milliy hunarmandchilikka qiziqtirish, “ustoz — shogird” an’anasini qo‘llab-quvvatlash va hunar sirlarini avloddan-avlodga yetkazish”, — deya ta’kidladi tadbir tashkilotchilari.
Mazkur loyiha muzeyni nafaqat tarixiy buyumlar saqlanadigan maskan, balki hunarmandlar, tadqiqotchilar, ijodkorlar va yoshlarni birlashtiruvchi ochiq madaniy maydon sifatida ham namoyon etadi. U Jizzax viloyatiga xos hunarmandchilik an’analarini keng targ‘ib qilish, ularni asrab-avaylash va zamonaviy ijodda davom ettirishga xizmat qiladi.