https://oz.sputniknews.uz/20260903/abb-davr-brend-60187976.html
Ozarbayjon xalqaro banki "Davr Bank"ni yangi brendga o‘tkazadi
Ozarbayjon xalqaro banki "Davr Bank"ni yangi brendga o‘tkazadi
Sputnik O‘zbekiston
Ozarbayjonning ABB banki Davr Bank nazorat paketini sotib olish jarayonini yakunlamoqda. Bank oktabrda ABB Davr brendi ostida ish boshlashi, rebrending esa raqamli kanallardan boshlanishi kutilmoqda.
2026-09-03T18:57+0500
2026-09-03T18:57+0500
2026-09-03T18:57+0500
bank
ozarbayjon
o‘zbekiston
shartnoma
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/03/60179092_0:0:1448:815_1920x0_80_0_0_bc1abc3b53b6c99dedab021db48ba460.png
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Ozarbayjonning "ABB banki" O‘zbekistonning "Davr Bank" nazorat paketini sotib olish jarayoni yakunlangach, bank oktabrda "ABB Davr" brendi ostida ish boshlaydi. Bu haqda ABB boshqaruvi raisi Abbas Ibragimov ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, "Davr Bank" aksiyalarini sotib olish bo‘yicha barcha zarur ruxsatlar olingan va shartnoma imzolangan. Hozir aksiyalarni yuridik o‘tkazish hamda aksiyadorlar reyestriga tegishli o‘zgartishlar kiritish jarayoni davom etmoqda.ABB ushbu jarayonni yaqin 7-10 kun ichida yakunlashni kutmoqda. Shundan so‘ng Ozarbayjon banki "Davr Bank"ning asosiy aksiyadoriga aylanadi.Rebrending avvalo korporativ kommunikatsiyalar va raqamli kanallardan boshlanadi. Filiallar, bankomatlar, kartalar va boshqa xizmat ko‘rsatish nuqtalari esa ABB Davr brendiga bosqichma-bosqich o‘tkaziladi.Shuningdek, "ABB Davr"da Ozarbayjonda qo‘llanilayotgan raqamlashtirish, sun’iy intellekt, risklarni boshqarish va mijozlar bilan ishlash yechimlarini joriy etish rejalashtirilgan.Hozir "Davr Bank" 2 milliondan ortiq mijozga ega, 1,8 mingdan ziyod xodimi hamda Toshkent va hududlarda 43 ta filial va xizmat ko‘rsatish markazi mavjud. Bank kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish yo‘nalishida ham faol ishlaydi.23 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ishtirokida "ABB Davr" loyihasiga rasman start berilgan edi. Loyiha ABB tomonidan "Davr Bank" nazorat paketini sotib olish va O‘zbekistonda "ABB Davr" brendi ostida faoliyat yuritishni nazarda tutadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260723/islom-moliya-bitim-59226684.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/03/60179092_0:0:1448:1086_1920x0_80_0_0_62cb98e3f162a722efe8bd893ec30a19.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bank, ozarbayjon, o‘zbekiston, shartnoma, iqtisod
bank, ozarbayjon, o‘zbekiston, shartnoma, iqtisod
Ozarbayjon xalqaro banki "Davr Bank"ni yangi brendga o‘tkazadi
Ozarbayjonning "ABB banki" "Davr Bank" aksiyalarini yuridik o‘tkazish jarayonini yaqin 7–10 kunda yakunlashni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Ozarbayjonning "ABB banki" O‘zbekistonning "Davr Bank" nazorat paketini sotib olish jarayoni yakunlangach, bank oktabrda "ABB Davr" brendi ostida ish boshlaydi. Bu haqda ABB boshqaruvi raisi Abbas Ibragimov
ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "Davr Bank" aksiyalarini sotib olish bo‘yicha barcha zarur ruxsatlar olingan va shartnoma imzolangan. Hozir aksiyalarni yuridik o‘tkazish hamda aksiyadorlar reyestriga tegishli o‘zgartishlar kiritish jarayoni davom etmoqda.
ABB ushbu jarayonni yaqin 7-10 kun ichida yakunlashni kutmoqda. Shundan so‘ng Ozarbayjon banki "Davr Bank"ning asosiy aksiyadoriga aylanadi.
“ABB Davr" brendi ostida faoliyat bank nomini o‘zgartirish bilan bog‘liq rasmiy jarayonlar yakunlanishi bilan boshlanadi. Menimcha, taxminan oktabrda "ABB Davr" brendini ko‘ramiz”, — dedi Ibragimov.
Rebrending avvalo korporativ kommunikatsiyalar va raqamli kanallardan boshlanadi. Filiallar, bankomatlar, kartalar va boshqa xizmat ko‘rsatish nuqtalari esa ABB Davr brendiga bosqichma-bosqich o‘tkaziladi.
Shuningdek, "ABB Davr"da Ozarbayjonda qo‘llanilayotgan raqamlashtirish, sun’iy intellekt, risklarni boshqarish va mijozlar bilan ishlash yechimlarini joriy etish rejalashtirilgan.
Hozir "Davr Bank" 2 milliondan ortiq mijozga ega, 1,8 mingdan ziyod xodimi hamda Toshkent va hududlarda 43 ta filial va xizmat ko‘rsatish markazi mavjud. Bank kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish yo‘nalishida ham faol ishlaydi.
23 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ishtirokida "ABB Davr" loyihasiga rasman start berilgan edi. Loyiha ABB tomonidan "Davr Bank" nazorat paketini sotib olish va O‘zbekistonda "ABB Davr" brendi ostida faoliyat yuritishni nazarda tutadi.