ITFC O‘zbekiston banki bilan eng yirik islomiy moliya bitimini imzoladi
ITFC O‘zbekiston banki bilan eng yirik islomiy moliya bitimini imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
Hamkorbank $100 mlnlik sindikatlashgan islomiy savdo moliyalashtirishini jalb qildi. Bitim kichik biznes, ayollar tadbirkorligi, "yashil" loyihalar va oziq-ovqat xavfsizligini qo‘llab-quvvatlaydi.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. "Hamkorbank" va Xalqaro islom savdoni moliyalashtirish korporatsiyasi — ITFC 100 mln dollarlik sindikatlashgan islomiy savdo moliyalashtirish bitimini imzoladi. Bu haqda ITFC xabar berdi.Kelishuv 20-iyul kuni Toshkent va Jidda shaharlarida imzolangan. Bitim O‘zbekistondagi alohida bankka taqdim etilgan eng yirik islomiy savdo moliyalashtirish liniyasi sifatida qayd etilmoqda.Mablag‘lar, asosan, quyidagi yo‘nalishlarga yo‘naltiriladi:Moliyalashtirish shariat tamoyillariga muvofiq mexanizmlar orqali taqdim etiladi. Bu an’anaviy foizli kredit emas, balki tovar yoki aktivni sotib olish va uni oldindan kelishilgan ustama bilan mijozga bo‘lib to‘lash sharti asosida sotish kabi islomiy moliya vositalarini qo‘llashni nazarda tutadi.
Mablag‘ kichik biznes, ayollar tadbirkorligi va "yashil" loyihalarga yo‘naltiriladi.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. "Hamkorbank" va Xalqaro islom savdoni moliyalashtirish korporatsiyasi — ITFC 100 mln dollarlik sindikatlashgan islomiy savdo moliyalashtirish bitimini imzoladi. Bu haqda ITFC xabar berdi.
Kelishuv 20-iyul kuni Toshkent va Jidda shaharlarida imzolangan. Bitim O‘zbekistondagi alohida bankka taqdim etilgan eng yirik islomiy savdo moliyalashtirish liniyasi sifatida qayd etilmoqda.
Mablag‘lar, asosan, quyidagi yo‘nalishlarga yo‘naltiriladi:
kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish;
ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash;
ekologik va "yashil" loyihalar;
oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq loyihalar;
korxonalarning import va aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash;
yetkazib berish zanjirlarini moliyalashtirish.
Moliyalashtirish shariat tamoyillariga muvofiq mexanizmlar orqali taqdim etiladi. Bu an’anaviy foizli kredit emas, balki tovar yoki aktivni sotib olish va uni oldindan kelishilgan ustama bilan mijozga bo‘lib to‘lash sharti asosida sotish kabi islomiy moliya vositalarini qo‘llashni nazarda tutadi.
Ma’lumot uchun: ITFC — Islom taraqqiyot banki guruhi tarkibidagi Xalqaro islom savdoni moliyalashtirish korporatsiyasi. Tashkilot Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarda savdo va xususiy sektorni shariat tamoyillariga muvofiq moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi.