Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOTB: O‘zbekistonning Markaziy Osiyo bilan savdosi rekord darajaga yetdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaFlagi sentralnoaziatskix gosudarstv
Flagi sentralnoaziatskix gosudarstv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi besh yilda 70 foizga o‘sib, 2025-yilda rekord daraja — 7,7 mlrd dollarga yetdi.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 2025-yil yakunlariga ko‘ra 7,7 mlrd dollarni tashkil etib, tarixiy yuqori darajaga yetdi. Bu haqda Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan tayyorlagan sharhida ma’lum qildi.
Bank hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonning Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan savdosi 2020-yilga nisbatan 70 foizga oshgan. Besh yil ichidagi mutlaq o‘sish 3 mlrd dollardan ziyodni tashkil etgan.
Hozir respublika umumiy tashqi savdo aylanmasining qariyb 12 foizi mintaqadagi qo‘shni mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
© Press-slujba YeABRVzaimnaya torgovlya Uzbekistana i stran Sentralnoy Azii
Vzaimnaya torgovlya Uzbekistana i stran Sentralnoy Azii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2026
Vzaimnaya torgovlya Uzbekistana i stran Sentralnoy Azii
YeOTB ekspertlarining qayd etishicha, mintaqa ichidagi savdoning kengayishi sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, qo‘shma korxonalar tashkil etish hamda mamlakatlarni o‘zaro bog‘lovchi transport va logistika zanjirlarini rivojlantirishga turtki bermoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston O‘zbekistonning eng yirik savdo sherigi bo‘lib qolmoqda. Ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2025-yilda 4,67 mlrd dollarga yetgan.
Ushbu ko‘rsatkich O‘zbekistonning mintaqa davlatlari bilan jami savdosining qariyb 60 foiziga teng.
Ayni paytda besh yil ichida eng yuqori o‘sish sur’ati Turkmaniston bilan savdoda qayd etildi.
O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2020-yilga nisbatan 2,4 barobar ko‘paygan. YeOTB bu o‘sishni, asosan, O‘zbekistonning Turkmanistondan tabiiy gaz importi oshgani bilan izohlagan.
Bank ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlariga asosan quyidagi mahsulotlarni eksport qilmoqda:
avtomobillar va ularning butlovchi qismlari;
meva va yong‘oqlar;
plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar;
sabzavot mahsulotlari;
mineral va kimoviy o‘g‘itlar.
O‘zbekistonning mintaqa mamlakatlaridan amalga oshirayotgan importida esa neft va gaz mahsulotlari, don, qora metallar, kungaboqar moyi hamda mis rudalari asosiy o‘rinni egallaydi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2025-yilda YeOTBning yettinchi ishtirokchi davlati bo‘ldi. 2026-yildan bankning respublikadagi amaliy faoliyati boshlandi, investitsiya loyihalari portfeli shakllantirilmoqda.
Zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2026
O‘zbekiston tashqi savdosining yarmidan ko‘pi besh davlat hissasiga to‘g‘ri keldi — infografika
Yangiliklar lentasi
0