O‘zbekiston tashqi savdosining yarmidan ko‘pi besh davlat hissasiga to‘g‘ri keldi — infografika

Obuna bo‘lish
Xitoy va Rossiya O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlari bo‘lib qoldi — ikki davlatning umumiy ulushi 39,1 foizni tashkil etdi.
2026 yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida eng katta ulush Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi — 22,7 foiz.
Rossiya 16,4 foizlik ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlardan Qozog‘iston — 6,6 foiz, Turkiya — 3,3 foiz va Afg‘oniston — 2,5 foiz joy oldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 51,5 foizi ushbu beshta mamlakat hissasiga to‘g‘ri keldi. Mamlakat jami 200 dan ortiq davlat bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.
Hisobot davrida O‘zbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasi 49,5 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,1 foizga yoki 3,7 mlrd dollarga oshdi.
Eksport 3,6 foizga kamayib, 19,9 mlrd dollarni, import esa 17,8 foizga o‘sib, 29,6 mlrd dollarni tashkil qildi. Natijada tashqi savdoda 9,7 mlrd dollarlik manfiy saldo qayd etildi.
Eksportning umumiy pasayishi oltin savdosi bilan bog‘liq. Oltin hisobga olinmaganda, tovarlar eksporti 27,7 foizga o‘sib, 9,8 mlrd dollarga yetdi.
Yangiliklar lentasi
0