To‘ydagi qurbonlar, tankerlarga zarbalar va sanksiyalar — AQSh va Eron mojarosi avj oldi

© REUTERS / Iranian Red Crescent SocietyV Irane poobeshali otvetit na ataku SShA, pod kotoruyu popala svadba
V Irane poobeshali otvetit na ataku SShA, pod kotoruyu popala svadba - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2026
Obuna bo‘lish
AQSh tomonidan uchirilgan raketa Eron janubida to‘y bo‘layotgan uyga kelib tushdi. Tehron Amerika harbiy obyektlariga javob hujumlarini boshladi.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Eronning Hurmuzgon viloyatidagi Kuhestak qishlog‘ida AQSh tomonidan uchirilgan raketa to‘y marosimi o‘tayotgan uyga kelib tushdi. RIA Novosti xabariga ko‘ra, hujum oqibatida tinch aholi vakillari halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar jarohatlangan.
"Channel NewsAsia" nashrining yozishicha, AQSh Markaziy qo‘mondonligi vakili Tim Xokinsdan tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lgani haqida ishonchli ma’lumotlar olingan-olinmagani so‘ralgan. U esa bu xabarni rad etmay, AQSh harbiylari tinch aholini nishonga olmasligini aytgan.
AQShning so‘nggi hujumlarida Eron havo mudofaasi obyektlari, radarlar, aloqa markazlari, dengiz infratuzilmasi va mina o‘rnatish vositalari nishonga olindi.
Vashington bu harakatlarni Eronning tijorat kemalari va mintaqadagi Amerika harbiylariga tahdidiga javob deb izohladi.
Tehron esa Amerika zarbalariga javoban Iordaniya, Iroq, Bahrayn va Kuvaytdagi AQSh harbiy obyektlariga raketa hamda dronlar uchirilganini bildirdi. Iordaniya bir nechta raketani, Bahrayn va Kuvayt esa dronlarni urib tushirganini ma’lum qildi.
"Tankerga — tanker" taktikasi
"Axios" manbalariga ko‘ra, Vashington Eronga qarshi harbiy harakatlar taktikasini o‘zgartirmoqda. AQSh kuchlari ilk bor Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi ikkita Eron tankeriga hamda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining 100 tadan ortiq obyektiga zarba bergan.
Yangi yondashuv shartli ravishda "tankerga — tanker" tamoyili sifatida baholanmoqda: Eron xalqaro kemalar harakatiga to‘sqinlik qilsa yoki ularga hujum qilsa, Vashington uning tankerlari va dengiz infratuzilmasini nishonga oladi.
Donald Tramp Tehron yana javob qaytarsa, Eronga ancha kuchli zarbalar berilishini aytdi. Eron tomoni esa Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tuvchi kemalar Tehron belgilagan qoidalarga rioya qilishi shartligini ta’kidlamoqda.
Bosim sanksiyalar orqali ham kuchaytiriladi
AQSh moliya vaziri Skott Bessent Eronga qarshi yangi iqtisodiy cheklovlar har hafta joriy etib borilishini ma’lum qildi. Sanksiyalarning dastlabki qismi banklar va Eronning xalqaro hisob-kitoblariga xizmat ko‘rsatuvchi moliyaviy tuzilmalarga qaratilmoqda.
Vashington Eron bilan savdo qilayotgan xorijiy kompaniyalarga nisbatan ikkilamchi sanksiyalarni ham kuchaytirishi mumkin.
Bu, birinchi navbatda, Eron neftini sotib oluvchi va uning tashqi savdosini qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar, jumladan, Xitoy va Hindiston kompaniyalariga ta’sir qilishi ehtimoldan xoli emas.
Neft bozori uchun xavf
Dengiz tashuvlari va tovar bozorlarini tahlil qiluvchi "Kpler" kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, seshanba kuni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan to‘rtta yuk kemasi o‘tgan. Bu oldingi o‘n kunlik o‘rtacha ko‘rsatkichdan qariyb uch barobar kam.
AQSh va Eron o‘rtasidagi yangi zarbalardan keyin neft narxi bir barrelga to‘rt dollardan ko‘proqqa oshdi.
Suxoputnaya operatsiya obernetsya dlya SShA bolshimi poterami, zayavili v Irane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2026
Bir oylik tanaffusdan so‘ng AQSh Eronga yana zarba berdi — Tehron javob qaytardi
Yangiliklar lentasi
0