Bir oylik tanaffusdan so‘ng AQSh Eronga yana zarba berdi — Tehron javob qaytardi

© AP Photo / / Hossein ZohrevandSuxoputnaya operatsiya obernetsya dlya SShA bolshimi poterami, zayavili v Irane
Suxoputnaya operatsiya obernetsya dlya SShA bolshimi poterami, zayavili v Irane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2026
Obuna bo‘lish
AQSh Larak orolidagi ikkita raketa qurilmasiga zarba berdi. Eron bunga javoban Iordaniyadagi Amerika harbiy bazalarini nishonga oldi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. AQSh qariyb bir oylik tanaffusdan keyin Eron hududiga yana zarba berdi. Tehron bunga Iordaniyada joylashgan Amerika harbiy obyektlariga raketa va dronlar bilan hujum qilib javob qaytardi.
AQSh kuchlari Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi Eronning Larak orolida joylashgan ikkita raketa uchirish qurilmasini nishonga oldi. "Reuters" nashriga ma’lumot bergan Amerika rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi — IIQK harbiylari ulardan dengiz minalarini joylashtirish uchun foydalanishga tayyorlangan.
Bu AQShning iyul oxiridan beri Eronga bergan birinchi ma’lum zarbasi bo‘ldi.
IIQK ma’lumotiga ko‘ra, hujum oqibatida eronlik harbiylar va tinch aholi orasida halok bo‘lganlar hamda yaralanganlar bor.
Keyinroq IIQK “Bosqinchini jazolash” operatsiyasi doirasida Iordaniyadagi Qirol Husayn va Al-Azraq harbiy bazalariga ballistik raketalar hamda dronlar bilan zarba berilganini ma’lum qildi. Bu obyektlarda AQSh harbiylari ham joylashgan.
Eron tomoni bazalarning texnik infratuzilmasi va samolyotlar turgan hududlarga zarar yetkazilganini bildirdi. Iordaniya Qurolli kuchlari esa mamlakat havo hududiga kirgan sakkizta raketa urib tushirilganini ma’lum qildi.
Yangi keskinlashuv ortidan jahon bozorida neft narxi 2 foizdan ko‘proq oshdi. Brent markali neft bir barrel uchun 90,31 dollarga, WTI esa 85,23 dollarga ko‘tarildi.
Ayni vaqtda AQSh harbiy rahbarlari Eronga qarshi keng ko‘lamli operatsiyalarni uzoq vaqt davom ettirish boshqa mintaqalardagi tahdidlarga javob berish imkoniyatlarini zaiflashtirishi haqida ogohlantirgan.
Bu haqda maxfiy baholash hujjati bilan tanish manbalarga tayangan holda "The Washington Post" xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, ogohlantirishni Quruqlik qo‘shinlari, Harbiy-dengiz va Harbiy-havo kuchlari rahbarlari, shuningdek, Yevropa, Osiyo va Lotin Amerikasidagi operatsiyalarga mas’ul qo‘mondonlar bergan. Eron bilan mojaro tufayli 50 mingdan ortiq amerikalik harbiy bir necha oydan beri shay holatda ushlab turilibdi.
Baholashda AQSh esmineslarining atigi to‘rtdan bir qismi yangi vazifalarni bajarishga tayyor ekani ham qayd etilgan. Uzoq muddatli safarbarlik kemalarga texnik xizmat ko‘rsatish, qurol-yarog‘ zaxiralari va shaxsiy tarkibga bosimni oshirmoqda.
Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2026
The Guardian: Tramp Eronda Afg‘oniston va Iroq xatolarini takrorlamoqda
Yangiliklar lentasi
0