Muxtar Tleuberdi Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishPeregovori glav MID RF i Kazaxstana S. Lavrova i M. Tleuberdi
Peregovori glav MID RF i Kazaxstana S. Lavrova i M. Tleuberdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2026
Obuna bo‘lish
Tleuberdi 2019–2023 yillarda ham Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligini boshqargan.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Muxtar Tleuberdi Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi. Tegishli farmonni mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Toqayev imzoladi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.
U 2023-yil avgustidan buyon Qozog‘istonning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi, shuningdek, mamlakatning Vena shahridagi xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Tleuberdi 2019–2023 yillarda ham Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligini boshqargan. 2021-yil yanvaridan 2023-yil apreligacha tashqi ishlar vaziri lavozimi bilan birga mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini ham bajargan.
U diplomatik faoliyati davomida Qozog‘istonning Malayziyadagi elchisi, shuningdek, o‘rindoshlik asosida Indoneziya, Bruney va Filippindagi elchisi bo‘lib ishlagan.
Keyinchalik Qozog‘istonning Shveysariyadagi elchisi hamda mamlakatning BMTning Jenevadagi bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili lavozimlarini egallagan.
Tashqi ishlar vazirligini boshqarib kelayotgan Yermek Kosherbayev ushbu lavozimga 2025-yil 26-sentabrda tayinlangan edi.
Qozog‘istondagi yangi tayinlovlar mamlakatdagi konstitutsiyaviy islohotlar va bir palatali parlament — Qurultoy ish boshlaganidan keyin amalga oshirilmoqda.
31 avgust kuni Toqayev Oljas Bektenovni bosh vazir lavozimiga qayta tayinladi. Shu kuni prezident administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Yerlan Karin Qozog‘istonning yangi joriy etilgan vitse-prezidenti lavozimini egalladi. Aida Balayeva esa Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Grajdane Kazaxstana prinimayut uchastie v viborax na uchastkax v Moskve pri posolstve RK v Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2026
Qozog‘istonda yangi parlament — Qurultoyga ilk saylovlar boshlandi
Yangiliklar lentasi
0