https://oz.sputniknews.uz/20260823/kazakhstan-qurultoy-saylovlar-59895157.html
Qozog‘istonda yangi parlament — Qurultoyga ilk saylovlar boshlandi
Qozog‘istonda yangi parlament — Qurultoyga ilk saylovlar boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda bir palatali yangi parlament — Qurultoyga birinchi saylovlar o‘tmoqda. 145 ta deputatlik o‘rni uchun yetti partiyadan 545 nafar nomzod kurashapti.
2026-08-23T11:22+0500
2026-08-23T11:22+0500
2026-08-23T11:23+0500
qozog‘iston
saylov uchastkasi
saylovlar
markaziy saylov komissiyasi
markaziy osiyo
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/17/59894366_0:80:1280:800_1920x0_80_0_0_663374d1d3d5795212d38bf67bbabe59.jpg
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Qozog‘istonda yangi bir palatali parlament — Qurultoy deputatlariga ilk saylovlar boshlandi. Bu haqda Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.Ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 07:00 dan 20:00 gacha davom etadi. Mamlakatda va xorijda jami 10 423 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan. Qozog‘istondan tashqaridagi 61 ta davlatda 79 ta uchastka ochilishi belgilangan.Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, soat 10:00 holatida saylovchilarning 17,96 foizi ovoz bergan.Qurultoyning 145 nafar deputati besh yil muddatga saylanadi. Ovoz berish yagona umummilliy okrug bo‘yicha partiyaviy ro‘yxatlar asosida o‘tkazilmoqda. Saylov bulleteniga yettita siyosiy partiya kiritilgan bo‘lib, ulardan jami 545 nafar nomzod deputatlik uchun kurashmoqda.Mamlakatda ovoz berish huquqiga ega 12,6 milliondan ortiq fuqaro bor. Saylovni o‘tgan deb topish uchun ularning yarmidan ko‘pi qatnashishi lozim. Jarayonni 777 nafar xalqaro kuzatuvchi nazorat qilmoqda.Bu Qozog‘istonda 1-iyuldan kuchga kirgan yangi Konstitutsiya asosidagi birinchi parlament saylovidir. Konstitutsiyaga muvofiq, avvalgi Senat va Majlisdan iborat ikki palatali parlament o‘rnida bir palatali Qurultoy tashkil etildi. Saylov natijalari bir hafta ichida e’lon qilinishi kerak.
https://oz.sputniknews.uz/20260315/kazakhstan-konstitutsiya-referendum-56292418.html
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/17/59894366_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_e7d43844986b607553dc3a5d4d999b0d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston, saylov uchastkasi , saylovlar, markaziy saylov komissiyasi , markaziy osiyo, siyosat
qozog‘iston, saylov uchastkasi , saylovlar, markaziy saylov komissiyasi , markaziy osiyo, siyosat
Qozog‘istonda yangi parlament — Qurultoyga ilk saylovlar boshlandi
11:22 23.08.2026 (yangilandi: 11:23 23.08.2026) Qozog‘istonda yangi Konstitutsiya asosida tashkil etilgan bir palatali Qurultoy deputatlariga ilk saylovlar boshlandi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Qozog‘istonda yangi bir palatali parlament — Qurultoy deputatlariga ilk saylovlar boshlandi. Bu haqda Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati
xabar berdi.
Ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 07:00 dan 20:00 gacha davom etadi. Mamlakatda va xorijda jami 10 423 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan. Qozog‘istondan tashqaridagi 61 ta davlatda 79 ta uchastka ochilishi belgilangan.
Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, soat 10:00 holatida saylovchilarning 17,96 foizi ovoz bergan.
Qurultoyning 145 nafar deputati besh yil muddatga saylanadi. Ovoz berish yagona umummilliy okrug bo‘yicha partiyaviy ro‘yxatlar asosida o‘tkazilmoqda. Saylov bulleteniga yettita siyosiy partiya kiritilgan bo‘lib, ulardan jami 545 nafar nomzod deputatlik uchun kurashmoqda.
Mandatlar taqsimotida ishtirok etish uchun partiyalar kamida 5 foiz ovoz to‘plashi kerak. Bulletenda "barchasiga qarshi" bandi ham mavjud.
Mamlakatda ovoz berish huquqiga ega 12,6 milliondan ortiq fuqaro bor. Saylovni o‘tgan deb topish uchun ularning yarmidan ko‘pi qatnashishi lozim. Jarayonni 777 nafar xalqaro kuzatuvchi nazorat qilmoqda.
Bu Qozog‘istonda 1-iyuldan kuchga kirgan yangi Konstitutsiya asosidagi birinchi parlament saylovidir. Konstitutsiyaga muvofiq, avvalgi Senat va Majlisdan iborat ikki palatali parlament o‘rnida bir palatali Qurultoy tashkil etildi. Saylov natijalari bir hafta ichida e’lon qilinishi kerak.