Mintaqaviy tashkilotlar BMT faoliyatini to‘ldirishi lozim — Shavkat Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana vistupil na zasedanii v formate "ShOS plyus" v Bishkeke
Prezident Uzbekistana vistupil na zasedanii v formate ShOS plyus v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2026
Obuna bo‘lish
BMT markaziy muvofiqlashtiruvchi rolini saqlab qolishi lozim — Shavkat Mirziyoyev.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Mintaqaviy tashkilotlar BMT faoliyatini to‘ldirishi lozim, dedi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkekda bo‘lib o‘tgan “ShHT plyus” majlisida.

"Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘zining markaziy, muvofiqlashtiruvchi rolini saqlab qolishi, mintaqaviy tuzilmalar esa avvalo mahalliy sharoitlar, ehtiyojlar va imkoniyatlarga tayangan holda, umumiy tamoyillar va qarorlarning amalga oshirilishiga ko‘maklashish orqali, uning sa’y-harakatlarini to‘ldirishi lozim", - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, O‘zbekiston rahbari bugun xalqaro munosabatlarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarda, avvalo, mintaqaviy muammolarning adolatli hal etilishiga urg‘u berishi zarurligini ta’kidladi.

"Yangi dunyo tartiboti nafaqat xalqaro munosabatlar tizimidagi global kuchlar nisbatini mustahkamlashi, balki mintaqaviy muammolarning adolatli hal etilishiga ham xizmat qilishi lozim", - dedi O‘zbekiston prezidenti.

Undan tashqari, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Yevroosiyo makonida ochiq va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish tarafdori ekanini ta’kidladi.

"Biz uchun o‘zaro bog‘liqlik – strategik mustaqillik va barqarorlik masalasi. Biz shunday ko‘p qutblilik tarafdorimizki, u yangi ajratuvchi chiziqlarni yaratmaydi, balki imkoniyatlar makonini kengaytiradi, mintaqaviy loyihalar va tashabbuslar o‘zaro raqobatlashmaydi, balki bir-birini samarali to‘ldiradi", - dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev “ShHT plyus” formatini mintaqalararo muloqot maydoni sifatida rivojlantirish taklif qildi.
Asosiy vazifa – makromintaqamizda loyihalarni birgalikda amalga oshirish maqsadida ularning kotibiyatlari va ixtisoslashgan organlari o‘rtasida doimiy ishchi aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat, dedi Mirziyoyev.
Shuningdek, prezident O‘zbekiston bundan buyon ham umumiy farovonlikni mustahkamlash va ko‘p tomonlama sheriklikni rivojlantirishga salmoqli amaliy hissa qo‘shishga tayyorligini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev na sammite ShOS v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2026
ShHT—2040 konsepsiyasi: Shavkat Mirziyoyev qator tashabbuslarni ilgari surdi
Yangiliklar lentasi
0