https://oz.sputniknews.uz/20260720/asia-chempionat-dzyudochilar-birinchi-59138744.html
Osiyo chempionatlari: dzudochilar — birinchi, Parizod Abdukarimova — suzishda "bronza" sohibi
Osiyo chempionatlari: dzudochilar — birinchi, Parizod Abdukarimova — suzishda "bronza" sohibi
Sputnik O‘zbekiston
Iordaniyadagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston yoshlar dzudo terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Bangkokda esa suzuvchi Parizod Abdukarimova musobaqadagi ikkinchi bronza medalini qo‘lga kiritdi.
2026-07-20T09:17+0500
2026-07-20T09:17+0500
2026-07-20T10:20+0500
sport
dzudo
o‘zbekiston
kumush medal
bronza medal
tailand
iordaniya
musobaqa
oltin medal
suzish bo‘yicha osiyo chempionati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/14/59137682_0:44:1440:854_1920x0_80_0_0_cb85f1e8f3c498d69745d2e05b0fdee5.jpg
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekiston yosh sportchilari dzudo va suzish bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatlarida yangi medallarni qo‘lga kiritishdi.Iordaniya poytaxti Amman shahrida dzudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi. Musobaqaning so‘nggi kunida O‘zbekiston vakillari 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.Behruzbek Rustamboyev (-90 kg), Fazliddin Rafikov (+100 kg), Durdona Tursunova (-70 kg) va Zarina Bobonazarova (+78 kg) Osiyo chempioni bo‘lishdi.Muhammadali Sadullayev (-100 kg) kumush, Kamronbek Qodirov (-81 kg) hamda Shoira Aminova (-78 kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi.Shu tariqa, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi musobaqani jami 7 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medali bilan yakunladi. Ushbu natija jamoaga umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni taqdim etdi.Avvalroq O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ham Osiyo chempionatida birinchi o‘rinni egallagan edi.Ayni paytda Tailand poytaxtida suv sporti turlari bo‘yicha yosh guruhlari o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Parizod Abdukarimova 50 metrga chalqancha suzish bo‘yicha “A” guruhi finalida 29,85 soniya natija qayd etib, uchinchi o‘rinni egalladi.Oltin medalni indoneziyalik Chelsea Alexandra 29,57 soniya natija bilan qo‘lga kiritdi. Qozog‘istonlik Darya Chesnokova 29,78 soniya ko‘rsatkich bilan ikkinchi bo‘ldi.Bu Parizod Abdukarimovaning mazkur Osiyo chempionatidagi ikkinchi bronza medali bo‘ldi.
https://oz.sputniknews.uz/20260719/uzbekistan-asia-chempionatlar-medal-59128464.html
o‘zbekiston
tailand
iordaniya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/14/59137682_80:0:1360:960_1920x0_80_0_0_d5aeda6fc319883ea6c08e363abc1c9a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, dzudo, o‘zbekiston, kumush medal, bronza medal, tailand, iordaniya, musobaqa, oltin medal, suzish bo‘yicha osiyo chempionati
sport, dzudo, o‘zbekiston, kumush medal, bronza medal, tailand, iordaniya, musobaqa, oltin medal, suzish bo‘yicha osiyo chempionati
Osiyo chempionatlari: dzudochilar — birinchi, Parizod Abdukarimova — suzishda "bronza" sohibi
09:17 20.07.2026 (yangilandi: 10:20 20.07.2026) O‘zbekiston yosh sportchilari dzudo va suzish bo‘yicha Osiyo chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, mamlakat medallar jamg‘armasini boyitishdi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekiston yosh sportchilari dzudo va suzish bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatlarida yangi medallarni qo‘lga kiritishdi.
Iordaniya poytaxti Amman shahrida dzudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi. Musobaqaning so‘nggi kunida O‘zbekiston vakillari 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga
sazovor bo‘lishdi.
Behruzbek Rustamboyev (-90 kg), Fazliddin Rafikov (+100 kg), Durdona Tursunova (-70 kg) va Zarina Bobonazarova (+78 kg) Osiyo chempioni bo‘lishdi.
Muhammadali Sadullayev (-100 kg) kumush, Kamronbek Qodirov (-81 kg) hamda Shoira Aminova (-78 kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi musobaqani jami 7 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medali bilan yakunladi. Ushbu natija jamoaga umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni taqdim etdi.
Avvalroq O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ham Osiyo chempionatida birinchi o‘rinni egallagan edi.
Ayni paytda Tailand poytaxtida suv sporti turlari bo‘yicha yosh guruhlari o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Parizod Abdukarimova 50 metrga chalqancha suzish bo‘yicha “A” guruhi finalida 29,85 soniya natija qayd etib, uchinchi o‘rinni
egalladi.
Oltin medalni indoneziyalik Chelsea Alexandra 29,57 soniya natija bilan qo‘lga kiritdi. Qozog‘istonlik Darya Chesnokova 29,78 soniya ko‘rsatkich bilan ikkinchi bo‘ldi.
Bu Parizod Abdukarimovaning mazkur Osiyo chempionatidagi ikkinchi bronza medali bo‘ldi.