Savdoni 30 mlrd dollarga yetkazish va BYD: Mirziyoyev va Si Szinpin muzokaralari tafsilotlari

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana i Predsedatel KNR obsudili dalneyshee ukreplenie sotrudnichestva
Prezident Uzbekistana i Predsedatel KNR obsudili dalneyshee ukreplenie sotrudnichestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2026
Obuna bo‘lish
Tomonlar BYD ishlab chiqarishini kengaytirish, yangi sanoat zonalari, aviaqatnovlar va ta’lim loyihalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Bishkekdagi Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin muzokara o‘tkazdi. Bu haqda prezident matubot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini yaqin yillarda 30 mlrd dollarga yetkazish taklif qilindi. O‘tgan yili o‘zaro savdo qariyb 18 mlrd dollarni tashkil etgan.
Yangi marraga erishish uchun sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish, shuningdek, O‘zbekiston korxonalarining Xitoydagi savdo ko‘rgazmalaridagi ishtirokini kengaytirish rejalashtirilmoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana i Predsedatel KNR obsudili dalneyshee ukreplenie sotrudnichestva
Prezident Uzbekistana i Predsedatel KNR obsudili dalneyshee ukreplenie sotrudnichestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2026
Prezident Uzbekistana i Predsedatel KNR obsudili dalneyshee ukreplenie sotrudnichestva
Energetika, kimyo va tog‘-kon sanoati, metallurgiya, qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, transport, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi hamda yuqori texnologiyalar sanoat kooperatsiyasining ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.
BYD bilan elektromobillar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va mahalliylashtirish darajasini kengaytirish rejalari qo‘llab-quvvatlandi. Xitoy kompaniyalariga O‘zbekiston hududlarida tashkil etilayotgan qo‘shma sanoat zonalarida yangi korxonalar ochish taklif qilindi.
Tomonlar Xitoy moliya institutlarining O‘zbekistondagi loyihalarda ishtirokini kengaytirish, ikki mamlakat shaharlari o‘rtasida yangi aviayo‘nalishlar ochish va parvozlar sonini ko‘paytirish masalalarini ham muhokama qildi.
Yil oxirigacha Xitoyda O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, 2027–2029 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma madaniy tadbirlar dasturini qabul qilish taklif etildi.
Xitoy tilini o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma dasturlarini ko‘paytirish va o‘zbekistonlik yoshlarning Xitoyda tahsil olishi uchun kvotalarni oshirishga qiziqish bildirildi. "Lu Ban ustaxonalari" va Konfutsiy institutlari faoliyati davom ettiriladi.
Kosmosni o‘zlashtirish ham yangi hamkorlik yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Mirziyoyev Si Szinpinni O‘zbekistonga tashrif bilan kelishga taklif qildi.
Shavkat Mirziyoyev i Si Szinpin proveli peregovori v Kitae
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2025
O‘zbekiston va Xitoy yetakchilari uchrashdi
Yangiliklar lentasi
0