https://oz.sputniknews.uz/20250902/uzbekistan-china-etakchilar-uchrashuv-51661235.html
O‘zbekiston va Xitoy yetakchilari uchrashdi
O‘zbekiston va Xitoy yetakchilari uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Ilm-fan, tibbiyot, ta’lim va turizm sohalaridagi sheriklikni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi. O‘zbekistonda Shimoli-g‘arbiy qishloq va o‘rmon universitetining filiali hamda Xalqaro matematika markazi ochildi. Sian neft universiteti filialini ochish to‘g‘risida bitim imzolandi. Pekin texnologiya instituti filialini ochish rejalashtirilgan.
2025-09-02T09:19+0500
2025-09-02T09:19+0500
2025-09-02T09:44+0500
tashqi siyosat
shavkat mirziyoyev
si szinpin
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
transport
eksport
siyosat
o‘zbekiston
xitoy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/02/51663061_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_292e582e98dc8e447609972c2fa18e1c.jpg
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Uchrashuvda “Yagona Xitoy” siyosatini qo‘llab-quvvatlash hamda “uch yovuz kuch” – terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashish masalalarida O‘zbekistonning pozitsiyasi o‘zgarmas ekani tasdiqlandi.Savdo-iqtisodiy, texnologik va moliyaviy-investitsiyaviy hamkorlik jadal rivojlanmoqda. O‘tgan yili tovar ayirboshlash 14 milliard dollardan oshdi, yil boshidan esa yana 23 foizga o‘sdi. Sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berish orqali bu ko‘rsatkichni 20 milliardga yetkazish vazifasi turibdi.Investitsiya loyihalari portfeli 60 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda. 2024-yilda umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq 64 ta loyiha ishga tushirilgan. Mamlakat hududlarida qo‘shma texnoparklar va maxsus industrial zonalar faoliyat yuritmoqda, “BYD” elektromobillarini ishlab chiqarish kengaytirilmoqda va mahalliylashtirish darajasi oshirilmoqda.Eksimbank, Xitoy davlat taraqqiyot banki, “Ipak yo‘li” jamg‘armasi va boshqa institutlar bilan keng ko‘lamli sheriklik kengaymoqda. Eksimbank ko‘magida yaqinda Toshkentda Olimpiya shaharchasi qurib bitkazildi.Xitoy tajribasi asosida mamlakatda kambag‘allikka barham berishga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni amalga oshirishda ekspertlik ko‘magi davom ettirilishi aytib o‘tildi.Innovatsion loyihalarni ilgari surish va mutaxassislar tayyorlash uchun O‘zbekiston – Xitoy sun’iy intellektni rivojlantirish markazini tashkil etish taklif qilindi.“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” strategik temir yo‘li qurilishining amaliy bosqichi boshlangani mamnuniyat bilan qayd etildi.Joriy yilda O‘zbekistonda ikkinchi Ta’lim forumi o‘tkaziladi. Xitoy tilini o‘rganishni kengaytirish va o‘zbekistonlik yoshlarni o‘qitish uchun kvotalarni ko‘paytirish, Konfutsiy institutlari faoliyatini rivojlantirish qo‘llab-quvvatlandi.O‘zbekiston turli sohalari uchun mutaxassislar tayyorlaydigan O‘zbekiston – Xitoy “Lu Ban ustaxonalari”ni tashkil etish ko‘zda tutilgan.Aviaqatnovlar soni oshirilmoqda, ikki mamlakat o‘rtasida vizasiz tartib joriy etildi.Shu kunlarda Xitoy Milliy muzeyidagi katta ko‘rgazmada O‘zbekiston ham qatnashmoqda. 2027-yilda Shanxay va Pekinda san’at ko‘rgazmalarini o‘tkazish rejalashtirilgan.Uchrashuvda xalqaro kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, ShHT, “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi muvofiqlashuv va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish muhimligi qayd etildi.Muzokaralar yakunida O‘zbekiston yetakchisi Xitoy rahbarini mamlakatga tashrif bilan kelishga taklif etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250901/shht-plyus-mirziyoev-51654801.html
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/02/51663061_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_44d6a33d066fd4233923b9495f9706ed.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston xitoy hamkorligi shavkat mirziyoyev si szinpin uchrashuvi o‘zbekiston xitoy strategik sheriklik sun’iy intellekt markazi o‘zbekiston xitoy savdo aylanmasi xitoy investitsiyalari "yashil" energetika loyihalari o‘zbekiston transportni raqamlashtirish o‘zbekiston bilan xitoy ta’lim hamkorligi o‘zbekiston xitoy turizm
o‘zbekiston xitoy hamkorligi shavkat mirziyoyev si szinpin uchrashuvi o‘zbekiston xitoy strategik sheriklik sun’iy intellekt markazi o‘zbekiston xitoy savdo aylanmasi xitoy investitsiyalari "yashil" energetika loyihalari o‘zbekiston transportni raqamlashtirish o‘zbekiston bilan xitoy ta’lim hamkorligi o‘zbekiston xitoy turizm
O‘zbekiston va Xitoy yetakchilari uchrashdi
09:19 02.09.2025 (yangilandi: 09:44 02.09.2025) Davlat rahbarlari sun’iy intellekt markazini tashkil etish, texnoparklarni rivojlantirish, "yashil" energetika hamda qator boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik masalalarini muhokama qildilar
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Uchrashuvda “Yagona Xitoy” siyosatini qo‘llab-quvvatlash hamda “uch yovuz kuch” – terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashish masalalarida O‘zbekistonning pozitsiyasi o‘zgarmas ekani tasdiqlandi.
Savdo-iqtisodiy, texnologik va moliyaviy-investitsiyaviy hamkorlik jadal rivojlanmoqda. O‘tgan yili tovar ayirboshlash 14 milliard dollardan oshdi, yil boshidan esa yana 23 foizga o‘sdi. Sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berish orqali bu ko‘rsatkichni 20 milliardga yetkazish vazifasi turibdi.
Investitsiya loyihalari portfeli 60 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda. 2024-yilda umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq 64 ta loyiha ishga tushirilgan. Mamlakat hududlarida qo‘shma texnoparklar va maxsus industrial zonalar faoliyat yuritmoqda, “BYD” elektromobillarini ishlab chiqarish kengaytirilmoqda va mahalliylashtirish darajasi oshirilmoqda.
“Yashil” energetika va energiya samaradorligini oshirish, jamoat transportini modernizatsiya qilish va raqamlashtirish, pullik avtomobil yo‘llarini barpo etish, muhim minerallarni chuqur qayta ishlash, shuningdek, kimyo, suv va qishloq xo‘jaligi, turizm va shaharsozlik sohalarida istiqbolli loyihalar ishlab chiqilgan.
Eksimbank, Xitoy davlat taraqqiyot banki, “Ipak yo‘li” jamg‘armasi va boshqa institutlar bilan keng ko‘lamli sheriklik kengaymoqda. Eksimbank ko‘magida yaqinda Toshkentda Olimpiya shaharchasi qurib bitkazildi.
Xitoy tajribasi asosida mamlakatda kambag‘allikka barham berishga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni amalga oshirishda ekspertlik ko‘magi davom ettirilishi aytib o‘tildi.
Innovatsion loyihalarni ilgari surish va mutaxassislar tayyorlash uchun O‘zbekiston – Xitoy sun’iy intellektni rivojlantirish markazini tashkil etish taklif qilindi.
“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” strategik temir yo‘li qurilishining amaliy bosqichi boshlangani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Ilm-fan, tibbiyot, ta’lim va turizm sohalaridagi sheriklikni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi. O‘zbekistonda Shimoli-g‘arbiy qishloq va o‘rmon universitetining filiali hamda Xalqaro matematika markazi ochildi. Sian neft universiteti filialini ochish to‘g‘risida bitim imzolandi. Pekin texnologiya instituti filialini ochish rejalashtirilgan.
Joriy yilda O‘zbekistonda ikkinchi Ta’lim forumi o‘tkaziladi. Xitoy tilini o‘rganishni kengaytirish va o‘zbekistonlik yoshlarni o‘qitish uchun kvotalarni ko‘paytirish, Konfutsiy institutlari faoliyatini rivojlantirish qo‘llab-quvvatlandi.
O‘zbekiston turli sohalari uchun mutaxassislar tayyorlaydigan O‘zbekiston – Xitoy “Lu Ban ustaxonalari”ni tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Aviaqatnovlar soni oshirilmoqda, ikki mamlakat o‘rtasida vizasiz tartib joriy etildi.
Shu kunlarda Xitoy Milliy muzeyidagi katta ko‘rgazmada O‘zbekiston ham qatnashmoqda. 2027-yilda Shanxay va Pekinda san’at ko‘rgazmalarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Uchrashuvda xalqaro kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, ShHT, “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi muvofiqlashuv va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston yetakchisi Xitoy rahbarini mamlakatga tashrif bilan kelishga taklif etdi.