O‘zbekistonda gaz, neft va ko‘mir ishlab chiqarish kamaydi

Obuna bo‘lish
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan yetti oyda O‘zbekistonda tabiiy gaz, neft, gaz kondensati va ko‘mir ishlab chiqarish kamaydi.
O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–iyul oylarida tabiiy gaz, neft, gaz kondensati va ko‘mir ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kamaydi. Bu Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlaridan kelib chiqadi.
Hisobot davrida respublikada 21,6 mlrd kub metr tabiiy gaz ishlab chiqarildi. 2025-yilning dastlabki yetti oyida bu ko‘rsatkich 25,4 mlrd kub metrni tashkil etgan edi.
Shu tariqa, tabiiy gaz ishlab chiqarish bir yilda 15 foizga yoki qariyb 3,8 mlrd kub metrga qisqardi.
Yetti oyda neft qazib olish hajmi 368,7 ming tonnani tashkil qildi. Bu 2025-yilning mos davridagi 378,8 ming tonnaga nisbatan 2,7 foiz yoki 10,1 ming tonnaga kam.
Ko‘mir qazib olish hajmi esa 4 mln tonnadan 3,5 mln tonnaga tushdi. Natijada ko‘mir ishlab chiqarish bir yilda 12,5 foizga yoki qariyb 500 ming tonnaga qisqardi.
Shu bilan birga, avval xabar berilganidek, neft mahsulotlari ishlab chiqarishda o‘sish kuzatildi. Yetti oyda avtomobil benzini ishlab chiqarish 8,9 foizga, dizel yoqilg‘isi esa 1,4 foizga oshdi.
Yangiliklar lentasi
0