https://oz.sputniknews.uz/20260831/gaz-neft-komir-ishlab-chiqarish-60097890.html
O‘zbekistonda gaz, neft va ko‘mir ishlab chiqarish kamaydi
O‘zbekistonda gaz, neft va ko‘mir ishlab chiqarish kamaydi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yetti oyda tabiiy gaz ishlab chiqarish 15 foizga kamayib, 21,6 mlrd kub metrni tashkil etdi. Neft qazib olish 2,7, gaz kondensati 15,1, ko‘mir ishlab chiqarish esa 12,5 foizga qisqardi.
2026-08-31T19:35+0500
2026-08-31T19:35+0500
2026-08-31T19:35+0500
infografika
o‘zbekiston
milliy statistika qo‘mitasi
gaz
ko‘mir mahsuloti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1f/60093288_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_6ea78931e7c35d49e6f2b24bb9ea4ebf.png
O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–iyul oylarida tabiiy gaz, neft, gaz kondensati va ko‘mir ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kamaydi. Bu Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlaridan kelib chiqadi.Hisobot davrida respublikada 21,6 mlrd kub metr tabiiy gaz ishlab chiqarildi. 2025-yilning dastlabki yetti oyida bu ko‘rsatkich 25,4 mlrd kub metrni tashkil etgan edi.Shu tariqa, tabiiy gaz ishlab chiqarish bir yilda 15 foizga yoki qariyb 3,8 mlrd kub metrga qisqardi. Yetti oyda neft qazib olish hajmi 368,7 ming tonnani tashkil qildi. Bu 2025-yilning mos davridagi 378,8 ming tonnaga nisbatan 2,7 foiz yoki 10,1 ming tonnaga kam.Ko‘mir qazib olish hajmi esa 4 mln tonnadan 3,5 mln tonnaga tushdi. Natijada ko‘mir ishlab chiqarish bir yilda 12,5 foizga yoki qariyb 500 ming tonnaga qisqardi.Shu bilan birga, avval xabar berilganidek, neft mahsulotlari ishlab chiqarishda o‘sish kuzatildi. Yetti oyda avtomobil benzini ishlab chiqarish 8,9 foizga, dizel yoqilg‘isi esa 1,4 foizga oshdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1f/60093288_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_35a92dd3f37d432cc04dd8aa832f1aa3.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
infografika, o‘zbekiston, milliy statistika qo‘mitasi , infografika, gaz, ko‘mir mahsuloti
infografika, o‘zbekiston, milliy statistika qo‘mitasi , infografika, gaz, ko‘mir mahsuloti
O‘zbekistonda gaz, neft va ko‘mir ishlab chiqarish kamaydi
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan yetti oyda O‘zbekistonda tabiiy gaz, neft, gaz kondensati va ko‘mir ishlab chiqarish kamaydi.
O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–iyul oylarida tabiiy gaz, neft, gaz kondensati va ko‘mir ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kamaydi. Bu Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlaridan kelib chiqadi.
Hisobot davrida respublikada 21,6 mlrd kub metr tabiiy gaz ishlab chiqarildi. 2025-yilning dastlabki yetti oyida bu ko‘rsatkich 25,4 mlrd kub metrni tashkil etgan edi.
Shu tariqa, tabiiy gaz ishlab chiqarish bir yilda 15 foizga yoki qariyb 3,8 mlrd kub metrga qisqardi.
Yetti oyda neft qazib olish hajmi 368,7 ming tonnani tashkil qildi. Bu 2025-yilning mos davridagi 378,8 ming tonnaga nisbatan 2,7 foiz yoki 10,1 ming tonnaga kam.
Ko‘mir qazib olish hajmi esa 4 mln tonnadan 3,5 mln tonnaga tushdi. Natijada ko‘mir ishlab chiqarish bir yilda 12,5 foizga yoki qariyb 500 ming tonnaga qisqardi.
Shu bilan birga, avval xabar berilganidek, neft mahsulotlari ishlab chiqarishda o‘sish kuzatildi. Yetti oyda avtomobil benzini ishlab chiqarish 8,9 foizga, dizel yoqilg‘isi esa 1,4 foizga oshdi.