O‘zbekiston Afg‘onistonga 2026-yilda ham elektr energiyasi yetkazib beradi

© Ministerstvo energetikiUzbekistan podpisal soglashenie o postavkax elektroenergii v Afganistan v 2026 godu
Uzbekistan podpisal soglashenie o postavkax elektroenergii v Afganistan v 2026 godu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan 2026-yilga elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi, shuningdek, energetika infratuzilmasi bo‘yicha qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.
TOShKENT, 18 noya – Sputnik. O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Afg‘onistonning “DABS” kompaniyasi bosh direktori Abdul Bori Umar bilan 2026-yilda elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar 17-noyabr kuni Toshkentda uchrashib, energetika sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Muzokaralar chog‘ida Afg‘oniston hududida qurilayotgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalarning joriy holati hamda ishlar sur’atini tezlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot uchun: DABS — Afg‘onistonning Milliy elektr energiyasi kompaniyasi (Da Afghanistan Breshna Sherkat).
Uzbekistan investiruyet $243 mln v stroitelstvo dvux LEP i dvux novix podstansiy v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2025
O‘zbekiston Afg‘oniston energetikasiga 243 million dollar sarmoya kiritadi
Yangiliklar lentasi
0